Texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida
18.07.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
doʻstona munosabatlar va texnik-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasida texnik-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga 25 (yigirma bet) million xitoy yuani miqdorida begʻaraz yordam koʻrsatadi.
2-modda
Mazkur begʻaraz yordamdan ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasida kelishilgan loyihalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Muayyan masalalar alohida bitimlar imzolash orqali Tomonlar oʻrtasida qoʻshimcha ravishda kelishib olinadi.
3-modda
Ushbu Bitimni amalga oshirish uchun hisob-kitob boʻyicha tegishli qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xitoy Banki tomonidan qoʻshimcha ravishda kelishib olinadi.
4-modda
Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar ushbu Bitimda belgilangan oʻziga tegishli majburiyatlarni bajargunlariga qadar amal qiladi.
Ushbu Bitim Toshkent shahrida 2005-yil 18-iyulda ikki nusxada, ikkala Tomon uchun bir nusxadan, har biri oʻzbek, xitoy va rus tillarida tuzilgan, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
