12-modda.
Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
Ushbu Bitim noaniq muddatga tuziladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonni Bitimning amalini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilgan sanadan eʼtiboran olti oy oʻtgunga qadar oʻz kuchida qolaveradi.
Ushbu Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini Tomonlar bajargani toʻgʻrisida oxirgi yozma xabar olingan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Bitimning qoidalari oʻzgarishi yoki toʻxtatilishi ushbu Bitim doirasida tuzilgan va Tomonlar oxiriga yetkazmagan, bevosita shartnomalar bajarilishiga daxl qilmaydi.
Toshkent shahrida 2006-yil 20-martda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar paydo boʻlsa, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
