Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gruziya oʻrtasida Konsullik konvensiyasi
10.10.2003
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gruziya, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
ikkala davlatning oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish, va shuningdek oʻz fuqarolarining huquq va manfaatlarini yanada samarali himoyalash istagiga amal qilib,
Konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasining 73-moddasi qoidalariga asoslangan holda,
ushbu Konvensiyani tuzishga qaror qildilar va quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda Taʼriflar
Ushbu Konvensiyada:
1) “konsulxona muassasasi” har qanday bosh konsulxona, konsulxona, vitse-konsulxona yoki konsulxona agentligini anglatadi;
2) “konsulxona okrugi” konsulxona vazifalarni bajarish uchun konsulxona muassasasiga biriktirilgan hududni anglatadi;
3) “konsulxona muassasasi rahbari” shu mansabda xizmat qilish topshirilgan shaxsni anglatadi;
4) “konsulxona mansabdor shaxsi” ayni lavozimda konsullik vazifalarini bajarish yuklatilgan har qanday shaxsni, jumladan konsulxona muassasasi rahbarini ham anglatadi;
5) “konsulxona xizmatchisi” konsulxona muassasasida maʼmuriy yoki texnik vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
6) “xizmat qiluvchi xodim” konsulxona muassasasiga xizmat koʻrsatish boʻyicha vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
7) “konsulxona muassasasi xodimlari” konsulxona muassasasi mansabdor shaxslari, konsulxona xizmatchilari va konsulxona muassasasi xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini anglatadi;
8) “konsulxona xodimlarining xizmatchilari” konsulxona mansabdor shaxslarini (konsullik muassasasi boshligʻi bundan mustasno), va shuningdek konsullik xodimlarini va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni anglatadi;
9) “xususiy uy xizmatchisi” konsulxona muassasasi xodimining faqatgina xususiy xizmatida boʻlgan shaxsni anglatadi;
10) “oila aʼzosi” konsulxona xodimining xotini (eri), uning farzandlari va ota-onasi, shuningdek ular bilan birga yashayotgan va ularning qaramogʻida boʻlgan uning xotini(eri)ni ota-onasini anglatadi;
11) “konsulxona binolari” kimning mulki boʻlishidan qatʼiy nazar, faqatgina konsulxona muassasasi uchun foydalaniladigan binolar yoki ularning qismlarini, yoki ushbu bino yoxud bino qismlariga xizmat qiluvchi yer maydonlarini anglatadi;
12) “konsulxona arxivlari” konsulxona muassasasining barcha qogʻozlarini, hujjatlarini, xat-xabarlarini, kitoblarini, filmlarini, video va ovoz yozish lentalarini, disketalarini va konsulxona muassasasining reyestrlarini, ularning asralishi va saqlanishini taʼminlovchi maxsus raqam va xos raqamlari, kartotekalari va boshqa har qanday jihozlar bilan birgalikda, anglatadi;
13) “yuboruvchi davlat kemasi” yuboruvchi davlat bayrogʻi ostida suzish huquqiga ega boʻlgan va shu davlatda roʻyxatga olingan har qanday kemani anglatadi, harbiy kemalar bundan istisno;
14) “yuboruvchi davlat havo kemasi” yuboruvchi davlatda uning qonunlariga muvofiq roʻyxatga olingan va ushbu davlatning tanish belgilarini ishlatish huquqiga ega boʻlgan har qanday havo kemasini, jumladan davlatga tegishli boʻlgan havo kemalarini anglatadi, harbiy havo kemalari bundan istisno.
2-modda Konsulxona muassasalarini ochish
1. Yuboruvchi davlatning konsulxona muassasasi qabul qiluvchi davlat hududida faqat qabul qiluvchi davlatning roziligi bilan ochilishi mumkin.
2. Konsulxona muassasasining joyi, uning toifasi, konsulxona okrugi va konsulxona mansabdor shaxslarining soni yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi kelishuv asosida belgilanadi.
3. Konsulxona muassasasining, uning toifasi, konsulxona okrugi va konsulxona mansabdor shaxslarining sonini oʻzgarishi faqat yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi kelishuv asosida belgilanadi.
4. Agar biron bir bosh konsulxona yoki konsulxona oʻzi joylashgan hududidan tashqarida vitse-konsulxona yoki konsulxona agentligini ochish niyatini bildirsa, qabul qiluvchi davlatining ruxsati kerak.
5. Amal qilayotgan konsulxona muassasasini tashkiliy qism hisoblanadigan devonxonani konsulxona muassasasini joylashgan hududidan tashqari ochish uchun ham qabul qiluvchi davlatining aniq belgilangan ruxsati kerak.
3-modda Konsullik muassasasi rahbarini tayinlash
1. Konsulxona muassasasi rahbarini tayinlashdan oldin yuboruvchi davlat diplomatik yoki boshqa tegishli kanallar orqali tegishli shaxsga nisbatan qabul qiluvchi davlatning roziligini olish kerak.
2. Agar qabul qiluvchi davlat biron bir shaxsga konsulxona muassasasi rahbari sifatida tayinlanishiga rozilik bermasa, u yuboruvchi davlatga bunday rad etishning sabablarini izohlab berishi shart emas.
3. Yuboruvchi davlat diplomatik kanallar orqali qabul qiluvchi davlatning Tashqi ishlar vaziriga konsulxona muassasasi rahbarini tayinlash uchun konsullik patentini yoki boshqa aynan shunday hujjatni yuboradi. Ushbu hujjatda konsulxona muassasasi rahbarining toʻliq ismi, familiyasi, uning fuqaroligi, toifasi konsulxona okrugi va konsulxona muassasasini joylanishi koʻrsatilishi kerak.
4. Qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasi rahbari boʻlib tayinlanishi uchun konsullik patenti yoki boshqa aynan shunday hujjatni olgandan soʻng, ekzekvatura deb nomlanadigan ruxsatni, bunday ruxsat har qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar, beradi. Ekzekvatura yoki boshqa ruxsatnomani berishga rad etayotgan qabul qiluvchi davlat, yuboruvchi davlatga bunday rad etishning sabablarini izohlab berishi shart emas.
5. Ushbu moddaning 6-bandida va ushbu Konvensiyaning 4-moddasida koʻzda tutilgan holatlardan tashqari, konsulxona muassasasi rahbari ekzekvatura yoki boshqa ruxsatnomani olingandan soʻng oʻz vazifalarini bajarishga kirishi mumkin.
6. Qabul qiluvchi davlat ekzekvatura yoki boshqa ruxsatnoma bergunga qadar konsulxona muassasasi rahbariga oʻz vazifalarini vaqtincha bajarib turishga ruxsat berishi mumkin. Bu holda ushbu Konvensiyaning qoidalari qoʻllaniladi.
7. Konsulxona muassasasi rahbariga oʻz vazifalarini bajarishga ruxsat berilishi bilanoq, bu vaqtinchalik boʻlsa ham, qabul qiluvchi davlat bu haqda konsullik okrugining vakolatli organlarini zudlik bilan xabardor qiladi, Bundan tashqari, u, konsulxona muassasasi rahbariga oʻz vazifasini bajarishi va ushbu Konvensiyadan kelib chiquvchi afzalliklardan foydalanish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
4-modda Konsulxona muassasasi rahbari vazifasini vaqtincha bajarish
1. Agar konsulxona muassasasi rahbari oʻz vazifalarini bajara olmasa yoki konsulxona muassasasi rahbari oʻrni boʻsh boʻlsa, konsulxona muassasasi rahbarining vazifasi vaqtincha konsulxona rahbari vazifasini bajaruvchi tomonidan bajarilishi mumkin.
2. Konsulxona muassasasi rahbari vazifasini bajaruvchining toʻliq ismi va familiyasi yuboruvchi davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki, qabul qiluvchi davlatda ushbu davlatning bunday vakolatxonasi boʻlmasa konsullik muassasasi rahbari u agar u buni qila olmasa, yuboruvchi davlatning har qanday vakolatli organi tomonidan qabul qiluvchi davlat Tashqi ishlar vazirligiga yoki shu vazirlik koʻrsatgan organiga xabar qilinadi. Odatdan, ushbu xabar oldindan beriladi.
3. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari konsulxona muassasasi rahbari vazifasini bajaruvchiga yordam koʻrsatadilar va himoya qiladilar. Konsulxona muassasasi rahbari vazifasini bajarish davrida unga ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan konsulxona rahbariga tegishli qoidalar ham qoʻllaniladi.
4. Agar ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq yuboruvchi davlat konsulxona muassasasi rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida qabul qiluvchi davlatda yuboruvchi davlatning diplomatik vakolatxonasining diplomatik xodimlari aʼzosi tayinlansa, u diplomatik imtiyozlar va immunitetlardan, qabul qiluvchi davlat tomonidan qarshilik boʻlmagan taqdirda, foydalanishini davom etadi.
5-modda Konsulxona muassasasi xodimlarini tayinlash
1. Yuboruvchi davlat ushbu Konvensiyaning 2-, 6- va 7-moddalarida koʻrsatilgan xollardan tashqari, konsulxona muassasasi xodimlarini bemalol tayinlashga haqdir.
2. Qabul qiluvchi davlat xohlagan vaqtda, ushbu Konvensiyaning 7-moddasi 3-bandida koʻzda tutilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatga konsulxona mansabdor shaxslarining konsullik muassasasi rahbaridan tashqari barchasining toʻliq ismi va familiyasi, mavqei va toifasi toʻgʻrisida oldindan xabar beradi.
3. Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasining barcha xodimlariga va ularning oila aʼzolariga konsullik muassasasining xodimlari va ularning oila aʼzolari maqomini tan oluvchi shaxsiy guvohnomalar beradi.
6-modda Konsulxona mansabdor shaxslarining fuqaroligi
Konsulxonaning mansabdor shaxsi yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlishi lozim.
7-modda “Persona non grata” yoki nomaqbul deb topilgan shaxslar
1. Qabul qiluvchi davlat xohlagan istalgan vaqtda u yoki bu konsulxona mansabdor shaxsining “Persona non grata” yoki konsulxona muassasasining istalgan xodimini nomaqbul shaxs deb topganligi yuboruvchi davlatni diplomatik kanallar orqali xabardor qilishi mumkin. Bunday holda yuboruvchi davlat shu shaxsni chaqirib olishi va uning konsullik muassasasidagi vazifalarini toʻxtatishi lozim.
2. Agar yuboruvchi davlat ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan majburiyatlarni oqilona muddatlarda bajarishidan voz kechsa eki bajara olmasa, qabul qiluvchi davlat bu shaxsga nisbatan ekzekvaturani yoki boshqa ruxsatnomani bekor qilishi yo uni konsulxona muassasasi xodimi deb tan olishdan voz kechishi mumkin.
3. Konsullik muassasasining xodimi sifatida tayinlangan shaxs qabul qiluvchi davlat hududiga kelishdan oldin yoki, agar qabul qiluvchi davlatga kelib boʻlgan boʻlsa, u konsullik muassasasida oʻz majburiyatlarini bajarishga kirishgunga qadar, nomaqbul deb eʼlon qilinishi mumkin. Bunday har qanday holda yuboruvchi davlat uning tayinlanishini bekor qiladi.
4. Ushbu moddaning 1- va 3-bandlarida koʻrsatilgan hollarda qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatga oʻz qarorining sabablarini izohlab berishi shart emas.
8-modda Ishga tayinlanish, kelish va joʻnab ketish haqida qabul qiluvchi davlatni xabardor qilish
Qabul qiluvchi davlat Tashqi ishlar vazirligi yoki shu vazirlik koʻrsatilgan organga:
a) konsulxona muassasasi xodimlarini tayinlanishi, ularning tayinlanganidan keyin konsulxona muassasasiga kelishi, ularning joʻnab ketishi yoki ular vazifalarining toʻxtatilishi, shuningdek konsulxona muassasasida ishlash mobaynida ular maqomiga daxldor boʻlgan har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida;
b) konsulxona muassasasi xodimining oila aʼzosi va u bilan doimo birga yashovchi shaxsning kelishi yoki joʻnab ketishi, shuningdek u yoki bu shaxsning shu oila aʼzosi boʻlganligi yoki oila aʼzoligidan chiqqanligi toʻgʻrisida;
s) xususiy uy xizmatchilarni kelishi va joʻnab ketishi va tegishli hollarda, ularning shu sifatda xizmatlarining tutashi toʻgʻrisida;
d) qabul qiluvchi davlatda yashovchi shaxslarni imtiyozlar va immunitetlar bilan foydalanuvchi konsulxona muassasasi xodimi xususiy uy xizmatchi sifatida yollangan yoki boʻshatilgan shaxslar toʻgʻrisida xabar beriladi.
2. Kelish yoki joʻnab ketish toʻgʻrisidagi xabar imkoniyatga qarab oldindan berilishi lozim.
9-modda Konsulxona va turar joy binolarini sotib olish
1. Yuboruvchi davlat oʻz nomidan qabul qiluvchi davlat qonunlari va qoidalariga muvofiq va shu davlatning roziligi bilan quyidagilarni sotib olish, foydalanish, ijara uchun olish yoki boshqa shaklda egalik qilish huquqiga ega:
a) konsulxona binolari, konsulxona muassasasi rahbarining qarorgohi, qabul qiluvchi davlatning fuqarosi boʻlmagan yoki bu davlatga doimiy turar joyiga ega boʻlmagan konsulxonani har qanday mansabdor shaxsi va konsulxonani har qanday xizmatchisining turar joy binosi;
b) har qanday konsulxona va turar joy binolari qurishga moʻljallangan yer.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq, yuboruvchi davlat bunday konsulxona va turar joy binolarini yoki yerni obodonlashtirishi mumkin.
3. Qabul qiluvchi davlat zarur hollarda ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida koʻrsatilgan huquqlarni amalga oshirishda yuboruvchi davlatga tegishli yordam va koʻmak berib turadi.
4. Ushbu moddadagi hech narsa qabul qiluvchi davlatning binolar joylanishi va konstruksiyasini, shuningdek shaharni rejalashtirish va tumanlarga boʻlishni tartibga soluvchi qonun va qoidalariga rioya etmagani uchun yuboruvchi davlatni javobgarlikdan ozod etadi deb sharhlanmasligi kerak.
10-modda Konsulxona faxriy mansabdor shaxslari
Agar ikkala Tomonlar konsulxona faxriy mansabdor shaxsni tayinlashga kelishib olishsalar, u holda odatdagi xalqaro huquq normalarini va ikkala Tomon qonunlarini hisobga olgan holda konsulxona faxriy mansabdor shaxslarga nisbatan qoʻllanadigan rejimni aniqlash maqsadida ular notalar almashuvi orqali bir birlari bilan maslahatlashuvlar olib boradilar.
11-modda Konsulxona muassasalarini va konsulxona muassasalari xodimlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar
1. Qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasiga oʻz vazifalarini bajarish uchun barcha imkoniyatlar bilan taʼminlaydi.
2. Qabul qiluvchi davlat konsulxona mansabdor shaxslariga lozim darajada hurmat bilan qaraydi, shu qabul qiluvchi davlatning fuqarolari boʻlmagan yoki unda doimo yashamaydigan shaxslar, shuningdek ularning oilalari, yuqorida qayd etilgan shaxslarning har qanday bilan doimiy yashovchilarning shaxsi, erkinligi va qadr-qimmatiga har qanday tajovuz qilinishiga qarshi zarur choralarni koʻradi.
12-modda Davlat bayrogʻi va gerbidan foydalanish
1. Konsulxona muassasasi konsulxona muassasasi binosiga davlat gerbi hamda yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat tillarida konsulxona muassasasi nomi yozilgan yozuvni oʻrnatib qoʻyish huquqiga ega.
2. Konsulxona muassasasi konsulxona binolariga, konsulxona muassasasi rahbari qarorgohida va rasmiy vazifalarni bajarayotganda transport vositalariga davlat bayrogʻini oʻrnatish huquqiga ega.
13-modda Konsulxona binolarining daxlsizligi
1. Konsulxona binolari va konsulxona mansabdor shaxslarining turar joylari daxlsizdir. Qabul qiluvchi davlat maʼmurlari organlarining vakillari konsulxona binolariga va konsulxona mansabdor shaxslarining turar joylariga konsulxona muassasasi rahbari yoki qabul qiluvchi davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbarining yoxud ulardan birortasi tomonidan tayinlangan shaxsning ruxsatisiz kira olmaydi.
2. Qabul qiluvchi davlat konsulxona binolarini har qanday tajovuz yoki zarar yetkazishdan muhofaza qilish hamda konsulxona muassasasi tinchligini har qanday buzish yoki uning qadr-qimmatini yerga urishning oldini olish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻradi.
3. Konsulxona binosi, uning anjom-buyumlari, konsulxona muassasasining mulki, shuningdek uning harakat vositalari davlat mudofaasi yoki jamoat ehtiyojlari maqsadida majburiy olib qoʻyishning har qanday turiga qarshi immunitetga egadir.
14-modda Konsulxona arxivlarining daxlsizligi
Konsulxona arxivlari ularning joylashgan joyidan qatʼi nazar, hamisha daxlsizdir.
15-modda Konsulxona binosini soliqlardan ozod qilish
1. Yuboruvchi davlat ijaraga olgan yoki egalik qilgan konsulxona binolari va konsulxona muassasasi rahbarining qarorgohi barcha davlat, tuman yoki munitsipal soliq,yigʻim va bojlardan ozod etiladi, aniq xizmatlar uchun olinadigan toʻlovlar bundan istisno.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan soliq istisnolar, yuboruvchi davlat bilan shartnoma tuzgan shaxsdan qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga muvofiq olinadigan soliq, yigʻim va bojlarga nisbatan qoʻllanmaydi.
16-modda Harakatlanish erkinligi
Kirish taqiqlangan yoki kirish davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan tartibga solingan hududlar haqidagi qonun va qoidalarga zid boʻlmagani uchun qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasining barcha xodimlariga konsulxona okrugi hududida harakat qilish erkinligini taʼminlaydi.
17-modda Aloqa erkinligi
1. Qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasining barcha rasmiy maqsadlar uchun aloqalar erkinligiga ruxsat etadi va himoya qiladi. Konsulxona muassasasi yuboruvchi davlat hukumati, diplomatik vakolatxonalari va boshqa konsulxona muassasalari bilan aloqa qilishda, ular joylashgan joyidan qatʼiy nazar, barcha mos keladigan vositalardan, jumladan diplomatik va konsulxona kuryerlaridan, diplomatik yoki konsulxona valizalaridan, kodlangan yoki shifrlangan depeshalardan foydalanish mumkin. Lekin, konsulxona muassasasi radiouzatgich oʻrnatish va foydalanish uchun qabul qiluvchi davlatning roziligini olishi lozim.
2. Konsulxona muassasasining rasmiy xat-xabarlari dahlsizdir. Rasmiy xat-xabarlar deganda konsulxona muassasasiga va uning vazifalariga taalluqli barcha xat-xabarlar tushuniladi.
3. Konsulxona valizasini tashkil qiluvchi barcha joylar, ularning xarakterini koʻrsatuvchi koʻzga tashlanadigan tashqi belgilarga ega boʻlishi, va faqat rasmiy xat-xabarlar va hujjatlardan yoki faqat rasmiy foydalanish uchun belgilangan buyumlardan iborat boʻlishi lozim.
4. Konsulxona valizasi ochilishi ham, ushlanishi ham mumkin emas. Lekin qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlarida valizada ushbu moddaning 3-bandida qayd etilgan xat-xabarlar, hujjat yoki buyumlardan tashqari biror bir narsa borligiga jiddiy asoslari boʻlsa, u holatda ular valizani yuboruvchi davlatning vakolatlangan vakili ishtirokida ochishni talab qilishlari mumkin. Agar yuboruvchi davlat organlari bunday talabni bajarishidan bosh tortsalar, valiza joʻnatilgan joyga qaytariladi.
5. Konsulxona kuryeri, uning maqomi va konsulxona valizasini tashkil qiluvchi joylar soni koʻrsatilgan rasmiy hujjat bilan taʼminlanadi. U qabul qiluvchi davlatning fuqarosi va yuboruvchi davlatning fuqarosi boʻlmasa, qabul qiluvchi davlatda doimiy yashaydigan shaxs boʻla olmaydi, agar qabul qiluvchi davlatning roziligi boʻlgandan istisno. Oʻz vazifalarini bajarishda u qabul qiluvchi davlatning himoyasida boʻladi, shaxsiy daxlsizlikdan foydalaniladi va qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar, hibsga va ushlab olinishga mumkin emas.
6. Yuboruvchi davlat, uning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari maxsus konsulxona kuryerlarini ad hoc tarzida tayinlashlari mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ushbu moddaning 5-bandi qoidalari qoʻllaniladi, biroq bunday kuryerning immunitetlari unga topshirilgan konsulxona valizasini manzilga yetkazib topshirishi bilan tugaydi.
7. Konsulxona valizasi kelishga (qoʻnishga) ruxsat berilgan port yoki aeroportga borayotgan dengiz kemasi kapitaniga yoki havo kemasi komandiriga topshirilishi mumkin. U valizani tashkil etgan joylarning soni koʻrsatilgan rasmiy hujjat bilan taʼminlanadi, lekin u konsulxona kuryeri boʻlib hisoblanmaydi. Konsulxona muassasasi vakolatli mahalliy organlari bilan kelishilgan holda, oʻz xodimlaridan birini dengiz kemasi kapitaniga yoki havo kemasi komandiridan bevosita va bemalol valizani qabul qilib olish va unga bunday valizani topshirish uchun yuborishi mumkin.
18-modda Konsulxona mansabdor shaxslarining shaxsiy daxlsizligi
1. Konsulxona mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadilar. Ular hech qanday shaklda hibsga yoki ushlab qolinishi olish mumkin emas.
2. Qabul qiluvchi davlat konsulxona mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari tegishli hurmat bilan munosabat qilib va ularning erkinligi va qadr-qimmatiga har qanday tajovuzlarga qarshi zarur choralarni koʻrishi lozim.
19-modda Yurisdiksiyadan immunitet
Konsulxona mansabdor shaxslari, shuningdek ularning oila aʼzolari, qabul qiluvchi davlatda quyidagi fuqarolik daʼvolaridan tashqari jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy daʼvolardan immuniteti bilan foydalanadilar:
I) Konsulxona mansabdor shaxslari tomonidan yuboruvchi davlat agenti sifatida bevosita yoki bilvosita majburiyat olmasdan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan;
II) uchinchi tomonning qabul qiluvchi davlatda yoʻl transporti, dengiz yoki va havo kemasiga aloqador baxtsiz hodisa tufayli yetkazilgan zarar uchun.
20-modda Guvohlik koʻrsatmalarini berish majburiyati
1. Konsulxona muassasasi xodimlari qabul qiluvchi davlatda sud yoki maʼmuriy ishlar yurgizilayotganda guvohlik koʻrsatmalarini berish uchun chaqirilishi mumkin. Agar konsulxona muassasasi xodimi guvohlik koʻrsatmalari berishdan bosh tortsa, unga nisbatan hech qanday majburiy yoki jazo choralari koʻrilishi mumkin emas.
2. Konsulxona muassasasi xodimining koʻrsatmasi kerak boʻlgan organ, bu shaxsning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga xalaqit bermasliklari lozim. U oʻsha shaxsning koʻrsatmalarini imkoniyat boʻlganida uning yashash joyida yoki konsulxona muassasasi binosida eshitishlari yoki undan yozma ravishda koʻrsatmalarni qabul qilishi mumkin.
3. Konsulxona muassasasi xodimlari oʻzlarining vazifalariga oid masalalar boʻyicha koʻrsatma berishga yoki ularning vazifalariga oid rasmiy xat-xabar va hujjatlarini koʻrsatishga majbur emas.
Ular yuboruvchi davlatning qonunlarini talqin qiluvchi koʻrsatmalarni ham berishlari shart emas.
21-modda Imtiyoz va immunitetlardan voz kechilishi
1. Yuboruvchi davlat ushbu Konvensiyaning 18-, 19-va 20-moddalarida koʻrsatilgan konsulxona muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun foydalanadigan har qanday imtiyoz va immunitetlardan voz kechishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 3-bandida koʻzda tutilgan holdan tashqari bunday voz kechish doim aniq ifodalangan boʻlishi va bu toʻgʻrida qabul qiluvchi davlatga yozma ravishda bildirilishi lozim.
3. Konsulxona mansabdor shaxsi yoki konsulxona xizmatchisi ushbu Konvensiyaning 19-moddasiga muvofiq yurisdiksiyaga qarshi immunitetdan foydalanishi mumkin boʻlgan ish qoʻzgʻasa, u asosiy daʼvo bilan bevosita bogʻliq boʻlgan har qanday qarshi daʼvoga nisbatan yurisdiksiyaga qarshi immunitet havola qilish huquqidan mahrum boʻladi.
4. Fuqarolik va maʼmuriy ishlarga nisbatan yurisdiksiyaga qarshi immunitetdan voz kechish sud qarorining natijasi boʻlgan ijro harakatlari immunitetidan voz kechishni anglatmaydi; bunday harakatlarga nisbatan alohida voz kechish talab etiladi.
22-modda Chet elliklarni roʻyxatdan oʻtishi va istiqomat qilish uchun ruxsat olishdan ozod qilinishi
1. Konsulxona mansabdor shaxslari, konsulxona xizmatchilari va ular bilan birga yashovchi ularning oila aʼzolari qabul qiluvchi davlatning chet elliklarni roʻyxatdan oʻtkazish xususidami qonun va qoidalari bilan koʻzda tutilgan barcha majburiyatlardan hamda istiqomat qilish uchun ruxsat olishdan ozod qilinadilar.
2. Ushbu modda 1-bandining qoidalari, biroq, yuboruvchi davlatning doimiy xizmatchisi boʻlmagan istalgan konsulxona xizmatchisiga yoki bunday xizmatchining istalgan oila aʼzosiga tatbiq etilmaydi.
23-modda Ishga ruxsat olishdan ozod qilinishi
1. Konsulxona muassasasi xodimlari yuboruvchi davlat uchun ish bajarish xususida qabul qiluvchi davlatning xorijiylarni ishga yollash toʻgʻrisidagi qonun va qoidalari bilan oʻrnatilgan, ishga ruxsat olish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday majburiyatlardan ozod etiladilar.
2. Konsulxona mansabdor shaxslarining va konsulxona xizmatchilarining xususiy uy xizmatchilari, agar ular qabul qiluvchi davlatda daromad olish maqsadida hech qanday boshqa faoliyat bilan shugʻullanmasalar, ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan majburiyatlardan ozod etiladilar.
24-modda Ijtimoiy taʼminotga doir istisnolar
1. Qabul qiluvchi davlatda amal qiluvchi ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qoidalar konsulxona muassasasi xodimlariga va ular bilan birga yashovchi ularning oila aʼzolariga ular yuboruvchi davlat uchun bajaradigan ish borasida taalluqli boʻlmaydi, ushbu moddaning 3-bandida koʻzda tutilgan hollar bundan istisno.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan istisnolar qilishlar shuningdek faqatgina konsulxona muassasasi xodimlarining xizmatida boʻlgan xususiy uy xizmatchilariga taalluqli boʻladi, agar quyidagi shartlar bajarilsa:
a) ular qabul qiluvchi davlat fuqarolari boʻlmasalar va unda doimiy yashamasalar;
b) yuboruvchi davlatda yoki uchinchi davlatda amal qiluvchi ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qoidalar ularga taalluqli boʻlsa.
3. Ushbu moddaning 2-bandida koʻzda tutilgan qoida taalluqli boʻlmaydigan shaxslarni yollovchi konsulxona muassasasi xodimlari qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq yollovchilarga yuklatiladigan majburiyatlarni bajarishlari lozim.
4. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida koʻzda tutilgan istisnolar qabul qiluvchi davlatda ijtimoiy taʼminot tizimida koʻngilli ishtirok etishga, bunday ishtirok etishga bu davlat ruxsat berishi sharti bilan, toʻsqinlik qilmaydi.
25-modda Soliqlarga doir istisnolar
1. Konsulxona mansabdor shaxslari va konsulxona xizmatchilari, shuningdek ular bilan birga yashovchi ularning oila aʼzolari barcha shaxsiy va mulkiy, davlat, tuman va munitsipal soliq, yigʻim va bojlardan ozod etiladi, quyidagilar bundan istisno:
a) tovar va xizmat bahosiga odatda kiritiladigan bilvosita soliqlar;
b) qabul qiluvchi davlat hududida joylashgan xususiy koʻchmas mulkdan undiriladigan yigʻim va soliqlar, ushbu Konvensiyaning 15-moddasi qoidalari koʻzda tutadigan hollar bundan istisno;
s) qabul qiluvchi davlat tomonidan undiriladigan meros mulkiga soliqlar yoki meros olish bilan bogʻliq bojlar yoki mulkning oʻtishiga soliqlar, ushbu Konvensiyaning 27-moddasi b-kichik bandining qoidalari koʻzda tutadigan hollar bundan istisno;
d) aniq xizmat turlari uchun olinadigan yigʻimlar;
e) roʻyxatga olish, sud va reyestr bojlari, ipoteka va gerbli yigʻimlar, ushbu Konvensiyaning 15-moddasi qoidalari koʻzda tutadigan hollar bundan istisno.
2. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlari oʻz ishlari uchun oladigan ish haqidan undiriladigan soliq, yigʻim va bojlardan ozod qilinadilar.
3. Qabul qiluvchi davlatda ish haqi daromad soligʻidan ozod qilinmagan shaxslarni yollagan konsulxona muassasasi xodimlari bu davlatning daromad soligʻi solinishi borasidagi qonun va qoidalari yollovchilarga yuklaydigan majburiyatlarni bajaradilar.
26-modda Bojxona bojlar va koʻrigidan ozod qilish
1. Qabul qiluvchi davlat qabul qilingan qonun va qoidalarga muvofiq quyidagilarni olib kirishga ruxsat beradi hamda saqlash, tashish va shunga oʻxshash xizmatlar uchun yigʻimlardan tashqari barcha bojxona bojlari, soliqlari va bu bilan bogʻliq yigʻimlardan ozod qiladi:
a) konsulxona muassasasining rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan buyumlar;
b) konsulxona mansabdor shaxsi yoki u bilan birga yashovchi uning oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishi, jumladan uning xoʻjaligi uchun moʻljallangan buyumlar. Isteʼmol tovarlarining miqdori tegishli shaxslarning bevosita foydalanishi uchun zarur miqdordan oshmasligi kerak.
2. Konsulxona xizmatchilari dastlabki joylashishlari vaqtida olib kirilgan buyumlarga nisbatan ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan imtiyoz va ozod qilishlardan foydalanadilar.
3. Konsulxona mansabdor shaxslarining va ular bilan birga yashovchi ularning oila aʼzolarining bu shaxslar bilan birga keltirilayotgan shaxsiy yuklari tekshirishdan ozod etiladi. Shu moddaning 1-bandi b-kichik bandida koʻrsatilgan buyumlardan boshqa yoki olib kirish va olib chiqish qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalari bilan taqiqlangan yoxud uning karantin qonun va qoidalariga tushadigan buyumlar bor deb hisoblashga jiddiy asoslar boʻlgan holdagina U tekshirilishi mumkin. Bunday tekshirish faqatgina tegishli konsullik mansabdor shaxsi yoki uning oila aʼzosi ishtirokida oʻtkazilishi kerak.
27-modda Konsulxona muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolarining meros mulki
Konsulxona muassasasi xodimi yoki u bilan birga yashagan uning oila aʼzosi vafot etgan holda qabul qiluvchi davlat:
a) vafot etgan shaxsning qabul qiluvchi davlatda sotib olingan va u vafot etgan vaqtda olib ketilishi man qilingan mulkdan tashqari qoʻzgʻatish mumkin boʻlgan mulkini olib chiqishga ruxsat beradi;
b) vafot etgan shaxs qabul qiluvchi davlatda konsulxona muassasasi xodimi yoki uning oila aʼzosi sifatida boʻlganligi sababligina bu davlatda joylashgan qoʻzgʻatish mumkin boʻlgan mulkdan merosga solinadigan davlat, tuman yoki munitsipal soliqlarni yoki meros olishga solinadigan bojlarni undirmaydi.
28-modda Shaxsiy majburiyat va majburiylikdan ozod etish
Qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasi xodimlarini va ular bilan birga yashagan ularning oila aʼzolarini barcha mehnat va davlat majburiyatlaridan, ularning qanday mazmunga ega boʻlishdan qatʼiy nazar, rekvizitsiya, kontributsiya va harbiy qoʻnoq kabi harbiy majburiyatlardan majburiylikdan ozod etishi lozim.
29-modda Konsullik imtiyozlari va immunitetlarining boshlanishi va tugatilishi
1. Konsullik muassasasining har bir xodimi ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan qabul qiluvchi davlat hududiga kirib oʻz ish joyiga ketayotgan vaqtdan boshlab, yoki u shu davlat hududida boʻlsa, oʻz vazifasini bajarishga kirishgan paytdan boshlab foydalanadi.
2. Qabul qiluvchi davlat fuqarosi yoki qabul qiluvchi davlat hududida doimiy yashaydigan yuboruvchi davlat fuqarosi hisoblanmagan konsulxona xodimi bilan birga yashagan uning oila aʼzolari va uning xususiy uy xizmatchilari ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan una ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq unga imtiyoz va immunitetlari berilgan muddatdan boshlab yoki ularning qabul qiluvchi davlat hududiga kirib kelish vaqtidan boshlab ular uning oila aʼzolari yoki xususiy uy xizmatchilari hisoblana boshlagan paytdan, bundan nima avvalroq boʻlganligiga qarab, foydalanadilar.
3. Konsulxona muassasasi xodimining vazifalari toʻxtatilganda uning imtiyoz va immunitetlari, shuningdek u bilan birga yashagan uning oila aʼzolari va uning xususiy uy xizmatchisining imtiyoz va immunitetlari ham odatda mazkur shaxsning qabul qiluvchi davlatni tark etishi bilanoq toʻxtaydi yoki buning uchun ajratilgan oqilona muddat tugagunga qadar qaysi fursat avvalroq kelishiga qarab, hatto qurolli toʻqnashuv holatida ham ularning imtiyoz va immunitetlari saqlanib qolinadi. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarning imtiyoz va immunitetlari konsulxona muassasasi xodimining oila aʼzoligidan chiqqan vaqtdan boshlab yoki uning xizmatidan boʻshashlari bilan toʻxtatiladi, ammo bunday shaxslar qabul qiluvchi davlatni oqilona muddat ichida tark etishni koʻzlagan boʻlsalar, ularning imtiyoz va immunitetlari joʻnab ketgunlariga qadar saqlanadi.
4. Ammo, konsulxona mansabdor shaxsi yoki konsulxona xizmatchisi oʻz vazifalarini bajarayotgandagi harakatlariga nisbatan yurisdiksiya immuniteti biror bir muddat bilan cheklanmagan holda davom etadi.
5. Konsulxona muassasasi xodimi vafot etsa, u bilan birga yashagan oila aʼzolari berilgan imtiyoz va immunitetlardan qabul qiluvchi davlatdan chiqib ketgunga qadar yoki qabul qiluvchi davlatdan chiqib ketish uchun oqilona muddat oʻtgunga qadar, bundan nima avvalroq boʻlganligiga qarab, foydalanishda davom etadilar.
30-modda Qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalarini hurmat qilish
1. Ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlarga ziyon yetmagani holda ushbu imtiyoz va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslar qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalarini, jumladan yoʻl-transport qoidalarini hurmat qilishga majbur.
2. Konsulxona binolaridan konsullik vazifalarini bajarishga toʻgʻri kelmaydigan maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
3. Konsulxona muassasasi, konsulxona muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolari qabul qiluvchi davlatning transport vositalarini sugʻurta qilish borasidagi qonun va qoidalarini hurmat qilishga majbur.
4. Yuboruvchi davlat konsulxona muassasasi xodimlari qabul qiluvchi davlatda tijorat va kasbiy faoliyatni amalga oshirolmaydilar, rasmiy vazifalarni bajarish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
31-modda Uchinchi shaxslarga keltirilgan zararni sugʻurta qilish
Konsulxona muassasasi xodimlari qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalarida nazarda tutilgan uchinchi shaxslarga har qanday yoʻl transporti vositalaridan foydalanish tufayli keltirilishi mumkin boʻlgan zararni sugʻurta qilish har qanday talablarga rioya qilishlari shart.
32-modda Daromad olish maqsadidagi xususiy faoliyatga oid maxsus qoida
1. Konsulxona mansabdor shaxslari qabul qiluvchi davlatda shaxsiy daromad olish maqsadida biror bir kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan shugʻullanmasliklari lozim.
2. Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan imtiyoz va immunitetlar quyidagilarga berilmaydi:
a) qabul qiluvchi davlatda daromad olish maqsadida shaxsiy xususiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan konsulxona xizmatchilari yoki xizmat qiluvchi xodimlariga;
b) ushbu band a-kichik bandida koʻrsatilgan shaxslarning oila aʼzolari yoki ularning xususiy uy xizmatchilariga;
s) qabul qiluvchi davlatda daromad olish maqsadida shaxsiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan konsulxona muassasasi xodimining oila aʼzolariga.
33-modda Qabul qiluvchi davlat fuqarolari va unda doimiy yashovchi shaxslar
Konsulxona mansabdor shaxslaridan tashqari va qabul qiluvchi davlat fuqarolari hisoblanuvchi yoki unda doimiy yashovchi konsulxona muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek xususiy uy xizmatchilari ham afzallik, imtiyoz va immunitetlardan faqat qabul qiluvchi davlatning ularga bergan darajasidagina foydalanib oladilar. Lekin qabul qiluvchi davlat bu shaxslar ustidan oʻz yurisdiksiyasini shunday tarzda amalga oshirishi lozim, bunda konsulxona muassasasi vazifalarini bajarish uchun keraksiz toʻsqinlar yaratmasligi kerak.
34-modda Konsullik vazifalarini bajarish
Konsullik vazifalari konsulxona muassasalari tomonidan bajariladi, Ular shuningdek, ushbu Konvensiyaning qoidalariga muvofiq diplomatik vakolatxonalar tomonidan bajariladi.
35-modda Diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalarining bajarilishi
1. Ushbu Konvensiya qoidalari diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalari bajarilgan hollarda, vaziyatdan kelib chiqib tatbiq qilinadi.
2. Konsullik vazifalarini bajarish topshirilgan diplomatik vakolatxona xodimlarining familiyalari qabul qiluvchi davlatning Tashqi ishlar vazirligiga yoki shu vazirlik tomonidan koʻrsatilgan organga xabar qilinadi.
3. Konsullik vazifalarini bajarayotganda diplomatik vakolatxona, qabul qiluvchi davlatning ham mahalliy, ham markaziy maʼmuriyatlariga qabul qiluvchi davlat qonunlari, qoidalari va anʼanalari ruxsat bergan darajada murojaat qilishi mumkin.
4. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan diplomatik vakolatxona xodimlarining imtiyoz va immunitetlari diplomatik aloqalarga oid xalqaro huquq meʼyorlariga binoan tartibga solinaveradi.
36-modda Konsullik vazifalarining konsulxona okrugi doirasida va tashqarisida, uchinchi davlatda yoki uchinchi davlat nomidan bajarilishi
1. Konsulxona mansabdor shaxs oʻz konsulxona okrugi doirasida ushbu Konvensiyada qayd etilgan konsullik vazifalarini bajarish huquqiga ega.
2. Konsulxona mansabdor shaxs qabul qiluvchi davlat roziligi bilan konsullik vazifalarini oʻz konsulxona okrugi tashqarisida ham bajarishi mumkin.
3. Yuboruvchi davlat, tegishli davlatlarni xabardor qilganidan soʻng, qabul qiluvchi davlatda ochilgan konsulxona muassasasiga uchinchi davlatda konsullik vazifalarini, agar qabul qiluvchi davlat tomonidan aniq izhor qilingan eʼtiroz boʻlmasa bajarish topshirigʻini berishi mumkin.
4. Yuboruvchi davlatning konsulxona muassasasi qabul qiluvchi davlatni tegishlicha xabardor qilgandan oʻng, agar qabul qiluvchi davlat eʼtiroz bildirmasa, qabul qiluvchi davlatda konsullik vazifalarini uchinchi davlat nomidan bajarishi mumkin.
37-modda Konsullik vazifalari
Ushbu Konvensiyaning boshqa moddalaridagi qoidalarni hisobga olgan holda konsullik vazifalari quyidagilardan iboratdir:
a) qabul qiluvchi davlatda yuboruvchi davlat, uning fuqarolari va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini xalqaro huquq tomonidan yoʻl qoʻyilgan darajada himoya qilish;
b) yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasida savdo, iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq boshqa yoʻllar bilan ular oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish;
s) barcha qonuniy yoʻllar bilan qabul qiluvchi davlatning savdo, iqtisodiy, madaniy va ilmiy hayotidagi sharoit va voqealarni aniqlash, yuboruvchi davlat hukumatiga ular haqida xabar berish va manfaatdor shaxslarga maʼlumot taqdim etish;
d) yuboruvchi davlat fuqarolariga pasportlar berish, yangilash, olib qoʻyish, bekor qilish, ularning amal qilish muddatini choʻzish, ularga zarur belgilar qoʻyish, shuningdek fuqarolarga chegaradan oʻtish huquqini beradigan boshqa hujjatlarni berish, shuningdek yuboruvchi davlat hududiga kirish va undan chiqish, shuningdek uning hududidan tranzit oʻtish uchun vizalar berish, ularning muddatini uzaytirish va bekor qilish;
e) yuboruvchi davlatning fuqarolariga va yuridik shaxslarga yordam berish va koʻmaklashish;
f) qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlaridan yuboruvchi davlat fuqarolari turgan joyni aniqlash uchun, agar ularning farovonligi yoki boshqa insonparvarlik maqsadlari haqida gap ketayotgan boʻlsa, yordam olish;
g) yuboruvchi davlat fuqarolarining qabul qiluvchi davlatdan shoshilinch joʻnab ketish huquqini quyidagi shartlarga amal qilgan holda himoya qilish;
i) alohida vaziyat yuzaga kelgan taqdirda ketishga chogʻlangan shaxsga aloqador maʼmuriy yoki sud rasmiyatlari bajarilsa;
ii) ketishga chogʻlangan shaxsning qaytish bilan bogʻliq oddiy rasmiyatchiliklarga amal qilsa, faqat shu shart bilanki, agar bu talablarni bajarish kamsitish xarakteriga ega boʻlmasa va shoshilinch qaytishga toʻsqinlik qilish uchun foydalanilmasa;
h) maʼmuriy xarakterdagi baʼzi vazifalarni, bu holda hech narsa qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalarga zid kelmasligi sharti bilan, bajarish;
i) qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga muvofiq shu davlat hududida “mortis causa” meros boʻlgan taqdirda yuboruvchi davlatning fuqarolar va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilish;
j) qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalari belgilab qoʻyilgan doiralarda toʻliq layoqatga ega boʻlmagan yuboruvchi davlat fuqarolari boʻlgan voyaga yetmagan va boshqa shaxslarni, va zarur boʻlganda bunday shaxslarga vasiy va homiy tavsiya qilishda, himoya qilish;
k) yuboruvchi davlat fuqarosi oʻz huquq va manfaatlarini qabul qiluvchi davlat qonunlariga koʻra oʻz vaqtida himoya qilishga qodir boʻlmasa, konsulxona mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlat sud va boshqa vakolatli idoralarida uning nomidan vakillik qilishi yoki fuqaro oʻz vakilini tayinlagunicha yoxud oʻz huquq va manfaatlarini oʻzi himoya qilish imkoniyati paydo boʻlguniga qadar vakil bilan taʼminlash;
l) sud va sudga oid boʻlmagan hujjatlarni topshirish yoki sud topshiriqlarini yuboruvchi davlat sudlari uchun amaldagi xalqaro bitimlarga muvofiq yoki bunday bitimlar mavjud boʻlmagan taqdirda qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga xilof boʻlmaydigan har qanday boshqa tartibda guvohlik koʻrsatmalarini olish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish;
m) yuboruvchi davlatga mansub suv va havo kemalarga va bu davlatda qayd etilgan kemalar hamda ularning ekipajiga nisbatan yuboruvchi davlat qonun va qoidalari koʻzda tutgan nazorat va taftish huquqini amalga oshirish;
n) ushbu moddaning m-bandida eslatilgan suv va havo kemalarga, va ularning ekipajlariga yordam berish, suv kema hujjatlarini qabul qilish va qabul qiluvchi davlat hukumati huquqlariga zarar yetkazilmagan holda yoʻlda roʻy bergan har qanday hodisalarni tergov qilish va modomiki bu yuboruvchi davlat qonun-qoidalarida nazarda tutilgan ekan, kapitan, qoʻmondonlik tarkibi va matroslar oʻrtasidagi har qanaqa tortishuvlarni hal qilish;
o) qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalari man qilmaydigan yoki amalga oshirilishiga nisbatan qabul qiluvchi davlatning eʼtirozi boʻlmagan yoki yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasida amal qilayotgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan boʻlsa, yuboruvchi davlatning konsulxona muassasaga yuklagan boshqa har qanday vazifalarni bajarish.
38-modda Konsullik ruxsat
1. Konsulxona mansabdor shaxslari yuboruvchi davlat fuqarolari bilan erkin aloqa qilish va uchrashish imkoniyatiga ega. Yuboruvchi davlat fuqarolari ham yuboruvchi davlat konsulxona mansabdor shaxslari bilan aloqa qilish va uchrashishda xuddi oʻshanday erkinlikka egadirlar.
2. Konsulxona mansabdor shaxslari yuboruvchi davlatning bedarak yoʻqolgan fuqarolarini topishda yordam soʻrab qabul qiluvchi davlatning vakolatli idoralariga murojaat qilishlari mumkin.
39-modda Hibsga olish va sudda ishni koʻrish borasidagi vazifalar
1. Agar yuboruvchi davlatning biron-bir fuqarosi konsulxona okrugi hududida hibsga olingan boʻlsa qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari bu haqda toʻrt kun ichida kechiktirmasdan yuboruvchi davlat konsulxona muassasasini xabardor qiladilar.
2. Yuboruvchi davlatning hibsga olingan fuqarosining shu konsulxona muassasasi nomiga yoʻllagan har qanday xabari qabul qiluvchi davlat organlari tomonidan kechiktirilmasdan shu konsulxona muassasasiga yetkaziladi.
3. Konsulxona mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlat qonunlariga asosan yuboruvchi davlatning hibsdagi fuqarosi bilan suhbatlashish hamda xat va xat-xabarlarni berish, undan olish va uni yuridik vakillik bilan taʼminlash maqsadlarida koʻrishishi mumkin. Bunday koʻrishishlardan birinchisiga murojaat qilingan muddatdan boshlab uch kun ichida ruxsat beriladi.
Keyingi koʻrishishlarga ruxsat maʼlum davrlardan keyin, ammo ikki oyda bir martadan kam emas, beriladi.
4. Konsulxona mansabdor shaxslari yuboruvchi davlatning fuqarosi nomidan har qanday choralar koʻrishdan, agar mazkur fuqaro konsulxona mansabdor shaxsining ishtirokida ochiqdan-ochiq bunday harakatlarga eʼtiroz bildirsa, betaraf qoladi.
5. Qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatning hibsdagi yoki sud yo boshqa tekshirishlarga tegishli boʻlgan fuqarolarini ushbu moddaning qoidalari toʻgʻrisida xabardor qiladilar, bu haqda jinoiy ish materiallarida tegishli yozuvlar qilinadi.
6. Ushbu moddada hibsdagi shaxsga qilingan murojaatni qamoqda boʻlgan, hibsga olingan yoki shaxs ozodligini cheklashning biron bir turiga majbur qilingan shaxsga qilingan murojaatni ham oʻz ichiga oladi. Bu toifaga sudda ishini koʻrishni kutayotgan yoki qabul qiluvchi davlat hududidagi qamoqda muddatini oʻtayotgan shaxs ham kiradi.
7. Ushbu moddada bayon qilingan huquqlardan, qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga muvofiq, agar bu qonun va qoidalar bu huquqlardan foydalanish moʻljallangan maqsadlarga toʻla yetishishga yordam bersa, foydalaniladi.
40-modda Merosga daxldor vazifalar
1. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari konsulxona muassasasiga uning hududida yuboruvchi davlat fuqarosining oʻlganligi haqida imkon darajasida qisqa vaqt ichida xabar qiladilar, shuningdek meros mulki, vasiyatnoma borligi yoki qabul qiluvchi davlatda yashovchi yoki vakil qilingan shaxs ushbu mulkning boshqaruvchisi etib tayinlangani haqida maʼlum qiladi.
2. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari konsulxona mansabdor shaxsini iloji boricha qisqa muddat ichida qabul qiluvchi davlat hududida qoldirilgan meros mulki haqida, agar merosxoʻr yoki rad javobini oluvchi yuboruvchi davlat boʻlsa yoki bu vakolatli organlarga qabul qiluvchi davlatdagi biron bir shaxs maʼlum boʻlsa, xabardor qiladilar.
3. Agar konsulxona mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlat hududida yuboruvchi davlat fuqarosining vafoti haqida yoki qabul qiluvchi davlat hududida yuboruvchi davlatning marhum fuqarosi qoldirgan meros mulki borligi haqida birinchi boʻlib xabar topsa, u qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlarini bu haqda xabardor qiladi.
4. Konsulxona mansabdor shaxsi ushbu moddaning 1- , 2- va 3-bandlarida koʻrsatilgan meros mulki masalalari boʻyicha, shuningdek qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga muvofiq imkon berilgan darajagacha quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
a) qabul qiluvchi davlatdan bu meros mulkini himoya qilish, saqlanishi va ixtiyorida boʻlishi boʻyicha choralar koʻrishni yoki shaxsan harakat qilishni soʻrash;
b) ushbu bandning a-kichik bandida koʻrsatilgan choralarni koʻrishda ishtirok etish yoki biron yoʻl bilan qatnashish;
s) bu mulkka nisbatan qonuniy manfaati boʻlgan, qabul qiluvchi davlatda turmagan va unda oʻz vakillikka ega boʻlmagan yuboruvchi davlat fuqarosini vakillik bilan taʼminlash.
5. Ushbu moddaning 4-bandi s-kichik bandiga muvofiq vakillik bilan taʼminlash choralari koʻrilgan hollarda bu vakillik to shu yoʻl bilan vakil boʻlgan shaxs oʻzlarining shaxsiy vakillarini tayinlamagunlaricha yoki oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish masʼuliyatini oʻz zimmalariga olmagunlarigacha amal qiladi.
6. Agar yuboruvchi davlatning biron bir fuqarosi oʻzining qabul qiluvchi davlat hududidagi vaqtinchalik boʻlishi davrida vafot etsa va bu holda mazkur davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan boʻlsa, konsullik mansabdor shaxsi yuboruvchi davlat qonunini nazarda tutgani holda - marhum xonadoniga kira oladi va uning hujjatlari, pullari va boshqa shaxsiy mulkini oʻz ixtiyoriga olishi mumkin, faqat shu shart bilanki qabul qiluvchi davlat hududida bunday hujjat, pul va shaxsiy mulkka daʼvogarlik qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs boʻlmasa. Vaqtinchalik egalik qilish huquqlari qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga muvofiq tegishli yoʻsinda tayinlangan boshqaruvchi yoki boshqa vakil qilingan shaxsga beriladi.
7. Yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat merosni topshirishda quyidagicha koʻmaklashadilar:
a) meros mulkining qismi hisoblangan buyumlarni, agar bu buyumlarni olib chiqib ketishi va olib kirishi toʻgʻridan toʻgʻri davlatlar qonun va qoidalari taqiqlanmagan boʻlsa, olib chiqib ketish va olib kirishga ruxsat berish yoʻli bilan;
b) ushbu bandining a-kichik bandi qoidalariga muvofiq meros mulkining olib chiqib ketilmaydigan har qanday qismini sotishga ruxsat berish yoʻli bilan.
8. Konsulxona mansabdor shaxsi yuboruvchi davlat fuqarosi nomidan, agar bunday fuqaro qabul qiluvchi davlat hududida boʻlmasa, suddan, hukumat organlar yoki alohida shaxslardan pul yoki ushbu fuqaroning har qanday shaxsning vafoti munosabati bilan meros mulki, baxtsiz hodisalar tufayli kompensatsiya toʻlash haqidagi qonunlarga muvofiq berilgan toʻlovlarni shuningdek hayotni sugʻurta qilish munosabati bilan sugʻurta polisi boʻyicha toʻlovlarni ham qoʻshib hisoblaganda, olish huquqiga ega boʻlgan boshqa mulkni olishi mumkin.
41-modda Fuqarolik masalalari va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilishdagi vazifalar
1. Konsulxona mansabdor shaxsi quyidagi huquqqa ega:
a) davlat qonunlariga asosan fuqarolik masalalariga taalluqli hujjatlarni olish;
b) yuboruvchi davlat fuqarolarini hisobga olib borish va hisobini yuritish;
s) qabul qiluvchi davlat qonunlariga zid kelmagan holda, oʻz davlat qonun qoidalariga asoslanib, yuboruvchi davlat fuqarolarni tutilishi va oʻlimi, nikoh tuzilishi va bekor qilinishi, ismi, sharifi, familiyasi oʻzgarishini qayd qilish, otaligini tasdiqlanishi, yuboruvchi davlatning fuqarolarini oʻgʻillikka qabul qilishni hisobga olish va tegishli guvohnomalarni berish huquqiga ega.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan qoidalar manfaatdor shaxslarni qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga rioya etish majburiyatlardan ozod qilmaydi.
42-modda Legallashtirish va notarial harakatlar
1. Yuboruvchi davlat qonun va qoidalariga zid kelmasa, konsulxona mansabdor shaxsi quyidagi notarial harakatlarni bajarish huquqiga ega:
a) har qanday shaxsning fuqaroligidan qatʼiy nazar soʻrovnomasiga binoan, yuboruvchi davlatda foydalanishi uchun turlik hujjatlar berishi mumkin, agarda bunday hujjatlar qabul qiluvchi davlatning qonun va qoidalariga zid kelmasa;
b) agar har qanday fuqaroning soʻrovnomasiga binoan yuboruvchi davlatda va uning tashqarisida foydalanishi uchun turlik hujjatlar berishi mumkin, agarda bunday hujjatlar qabul qiluvchi davlatning qonun va qoidalariga zid kelmasa;
s) yuboruvchi davlat yoki qabul qiluvchi davlatning hujjatlarini tarjima qilish va qilingan tarjimani toʻgʻriligini tasdiqlash;
d) yuboruvchi davlat yoki qabul qiluvchi davlatning vakolatli idoralari tomonidan berilgan hujjatlarini legallashtirish;
e) yuboruvchi davlat fuqarolarining vasiyatnomalarini tuzish, tasdiqlash va saqlash uchun qabul qilish;
f) qabul qiluvchi davlat qonunlariga zid kelmasa va sotib olish va koʻchmas mulkka egalik huquqiga aloqasi yoʻq boʻlgan yuboruvchi davlat fuqarolari oʻrtasidagi akt va kelishuvlarni tuzish va tasdiqlash;
g) boruvchi davlat fuqarolari bir tomondan, qabul qiluvchi davlat fuqarolari boshqa tomon akt va kelishuvlarni tuzish va tasdiqlash; modomiki, ushbu akt va kelishuvlar faqatgina yuboruvchi davlatning mulki va huquqigagina taalluqlidir hamda ushbu akt va kelishuvlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga zid kelmasligi sharti bilan ushbu davlatda koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan ishlarga taalluqlidir;
h) yuboruvchi davlat fuqarolarining turli hujjatlardagi imzolarini tasdiqlash;
i) agarda qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga zid kelmasa, yuboruvchi davlat fuqarolarining mulklarini va hujjatlarini saqlashga qabul qilish;
j) qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga zid kelmasa, yuboruvchi davlat qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa notarial vazifalarni bajarish;
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq konsulxona lavozimidagi shaxs tomonidan tuzilgan, tasdiqlangan va tarjima qilingan hujjatlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga zid kelmaslik sharti bilan qabul qiluvchi davlat tomonidan yuridik va guvohlik kuchiga ega boʻladi, agarda mazkur hujjatlar vakolatli organ yoki qabul qiluvchi davlat tomonidan tuzilgan, tasdiqlangan va tarjima qilingan boʻlsa.
Qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga koʻra zarur boʻlgan holda, hujjatlar legallashtirilishi lozim.
43-modda Vasiylik va homiylik boʻyicha vazifalar
1. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari tasarrufida tegishli axborot bor boʻlgan taqdirda ular vakolatli konsulxona muassasasini kechiktirmasdan vasiy yoki homiyni tayinlaganda voyaga yetmagan yoki layoqati cheklangan shaxs manfaatlariga javob beruvchi xar qanday hol haqida xabar qilishlari lozim.
2. Konsulxona mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlariga vasiylik va homiylikka tayinlash uchun mos keluvchi shaxslar ismi shariflarini taklif etish huquqiga ega.
44-modda Kemalarga yordam koʻrsatish
1. Konsulxona mansabdor shaxsi yuboruvchi davlatning qabul qiluvchi davlat portida yoki boshqa langar tashlash joyida yoki qabul qiluvchi davlatning ichki va hududiy suvlarida turgan kemasiga tegishli yordam va koʻmak berish huquqiga ega.
2. Konsulxona mansabdor shaxsi kapitan va ekipaj aʼzolari bilan kemada va har qanday boshqa joyda qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga muvofiq uchrashish va aloqa bogʻlash huquqiga ega.
3. Konsulxona mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlariga murojaat qilishi va yuboruvchi davlat kemasi bilan bogʻliq, shuningdek kapitan, ekipaj aʼzolari va yuk barcha masalalar yuzasidan oʻz vazifalarini amalga oshirishda ulardan koʻmak soʻrashi mumkin.
45-modda Kapitan va ekipajga yordam koʻrsatish
Konsulxona mansabdor shaxsi quyidagi harakatlar qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga zid boʻlmagan darajada amalga oshirish huquqiga ega:
a) yuboruvchi davlat kemasining bortida yuz bergan har qanday toʻqnashuvlarni har tomonlama tekshirib koʻrish, kapitan va ekipajning har qanday aʼzosini bunday toʻqnashuvlar munosabati bilan soʻroq qilish, kema hujjatlari bilan tanishish, kemaning reysi va belgilangan toʻxtash joyi xususida axborot qabul qilish, shuningdek kemaning kelishi va ketishi va uning portda boʻlishi munosabati bilan yordam koʻrsatish;
b) kapitan va ekipaj aʼzolari oʻrtasidagi tortishuvlarni, oylik maosh va mehnat shartnomalari tortishuvlar ham bunga kiradi, hal qilish;
s) kapitan va ekipaj aʼzolarini yollash va ishdan boʻshatish bilan bogʻliq rasmiyatchiliklarni bajarish;
d) kapitan, ekipaj aʼzolari yoki kema yoʻllovchilarini tibbiy davolash bilan taʼminlash va ularning yuboruvchi davlatga qaytish choralarini taʼminlash;
e) yuboruvchi davlat kemasi va uning yuki qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalarida nazarda tutilgan holda, har qanday ariza yoki boshqa hujjatni olish, tuzish, tasdiqlash yoki amal qilish muddatini uzaytirish;
f) yuboruvchi davlatning savdo kemalari Qatnovi haqidagi qonun va qoidalarini qoʻllash uchun boshqa choralarni koʻrish.
2. Konsulxona mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga muvofiq kapitan yoki ekipajning har qanday aʼzosini qabul qiluvchi davlat sudi yoki boshqa organlarida ularga yordam berish uchun hamrohlik qilish huquqiga ega.
46-modda Kemada tergov olib borilgan hollarda manfaatlarni himoya qilish
1. Agar qabul qiluvchi davlatning sud yoki boshqa vakolatli organlari qabul qiluvchi davlat ichki suvlari, hududiy suvlari yoki ichki suv yoʻllarida turgan yuboruvchi davlat kemasida majburiy choralar koʻrish yoki tergov olib borish niyatida boʻlsalar, qabul qiluvchi davlat vakolatli hukumat organlari bu haqda konsulxona mansabdor shaxsini avvalroq xabardor qilishlari kerak. Agar konsulxona mansabdor shaxsi bunday choralarni koʻrish vaqtida ishtirok etmayotgan boʻlsa, qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari uni bu haqda iltimosiga koʻra yozma ravishda xabardor qiladilar. Agar koʻrilishi kerak boʻlgan choralarning shoshilinchligi konsulxona mansabdor shaxsiga avvalroq bildirishnoma yuborishga yoʻl qoʻymasa, qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari konsulxona mansabdor shaxsini, uning tegishli iltimosi yoʻq boʻlgan taqdirda ham, ushbu fakt haqida yozma ravishda xabardor qiladilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari shuningdek qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari yuboruvchi davlat kema kapitani yoki ekipajning biron bir aʼzosini kemaga taalluqli masalalari yuzasidan sohilga chaqirgan holda ham amal qiladilar.
3. Konsulxona mansabdor shaxsi yoki yuboruvchi davlat kema kapitanning iltimosi yo ruxsati bilan amalga oshirilgandagi hollarni istisno qilganda, qabul qiluvchi davlatning sud yoki boshqa vakolatli organlari yuboruvchi davlat kemasida kemaning ekipaj aʼzolarining oʻzaro munosabatlari, mehnat munosabatlari, kema bortidagi intizom va kemaga aloqador boʻlgan ichki xarakterdagi boshqa tadbirlarga taalluqli masalalar boʻyicha ichki ishlariga faqat bunda taʼminlash bilan qonun va qoidalar buzilmasligi sharti bilan, aralashmaydilar.
4. Ammo ushbu moddaning qoidalari bojxona koʻrigi, pasport va sanitar nazorati bilan bogʻliq oddiy choralarga yoki qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlarining kema kapitani yoki konsulxona mansabdor shaxsining iltimosi yo roziligi bilan koʻriladigan boshqa choralariga nisbatan qoʻllanmaydi.
47-modda Kemalarga zarar yetganda beriladigan yordam
1. Agar yuboruvchi davlatning kemasi qabul qiluvchi davlatning ichki yoki hududiy suvlarida halokatga uchragan, sayoz joyga tiqilib qolgan yoki boshqa tarzda shikastlangan boʻlsa, qabul qiluvchi shaxsini davlatning vakolatli organlari konsulxona mansabdor bu haqda iloji boricha qisqa muddat ichida xabardor qiladilar va yoʻllovchilarni, ekipajni, kema va uning yukini qutqarish uchun koʻrilgan choralar haqida xabar beradilar.
2. Konsulxona mansabdor shaxsi yuboruvchi davlat kemasiga, uning ekipaji aʼzolariga va kemaning yuboruvchi davlat fuqarolari hisoblangan yoʻllovchilariga yordam koʻrsatish qabul qiluvchi davlatdan bunday yordam koʻrsatishni soʻrash mumkin.
3. Agar yuboruvchi davlat kemasining egasi, kapitani yoki boshqa vakolatli shaxs kemaning yoki uning yukining qoʻriqlashnishi yo qutqarilishini taʼminlash choralarini koʻrishga ularni oʻz qoʻl ostiga olishga qodir boʻlmasa, yuboruvchi davlatning konsulxona mansabdor shaxsi kema egasi nomidan yo bunday holatda kema yoki yuk egasi qabul qilishi kerak boʻlgan choralarni amalga oshiradi yoki ularni koʻrish iltimosi bilan murojaat qiladi.
4. Ushbu moddaning 1-, 2- va 3-bandlarining qoidalari, shuningdek yuboruvchi davlat yoki uchinchi davlat fuqarosiga tegishli boʻlgan va qabul qiluvchi davlat sohili yoki suvlarida topilgan yoki qabul qiluvchi davlat portiga keltirgan ashyolarga nisbatan ham amal qiladilar.
5. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari konsulxona mansabdor shaxsiga yuboruvchi davlatning kemasini qutqarish bilan bogʻliq choralarini koʻrishda barcha tegishli yordamni koʻrsatadilar.
6. Yuboruvchi davlatning shikastlangan kemasi shuningdek uning yuki va mulki qabul qiluvchi davlatda bu davlatga bojxona soliq, yigʻim va bojlarni toʻlashdan ozod qilinadilar, bundan ushbu kema va yuk bu davlatda bojlarni toʻlash maqsadida qoldirilganda istisno.
48-modda Havo kemalari vazifalar
Ushbu Konvensiyaning 44-47-moddalari fuqaro aviatsiyasi ikkala davlat aʼzo boʻlgan har qanday xalqaro shartnomaga zid kelmaydigan darajada fuqaro havo kemalariga nisbatan ham amal qiladi.
49-modda Konsullik yigʻimlari
1. Konsulxona muassasasi konsullik ishlarini amalga oshirgani uchun yuboruvchi davlatning qonun va qoidalari nazarda tutilgan yigʻimlar olishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida eslatilgan, yigʻimlar sifatida olinadigan pullar va bunday yigʻimlarni olgandagi kvitansiyalar qabul qiluvchi davlatda barcha soliq, yigʻim va bojlardan ozod qilinadi.
3. Qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasiga shu yoʻsinda toʻplangan pullarni oʻzining rasmiy bank hisobiga oʻtkazishga ruxsat beradi.
50-modda Konsulxona muassasasi xodimlari vazifalarining toʻxtatilishi
Konsulxona muassasasi xodimlarining vazifalari quyidagi hollarda toʻxtatiladi, xususan:
a) yuboruvchi davlatning qabul qiluvchi davlatda uning vazifalari toʻxtaganini xabar qilish;
b) ushbu Konvensiyaning 3-moddasiga asosan qabul qiluvchi davlat tomonidan berilgan ekzekvatura yoki boshqa ruxsatnomani bekor qilish bilan;
s) qabul qiluvchi davlatning yuboruvchi davlatni uning xodimini konsulxona xodimi deb hisoblashni toʻxtagani haqida xabar qilishi bilan.
51-modda Qabul qiluvchi davlatdan joʻnab ketish
Qabul qiluvchi davlat qurolli mojaro yuz bergan ham konsullik muassasasi xodimlari va qabul qiluvchi davlatning fuqarolari yoki uning hududida doimiy yashovchi chet ellik hisoblanmagan xususiy uy xizmatchilariga shuningdek ular bilan birga yashayotgan oila aʼzolariga, ularning qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qatʼiy nazar, joʻnab ketishga tayyorgarlik koʻrishlari va tegishli xodimlarning vazifalari tutagandan soʻng iloji boricha tezroq chiqib ketishlari uchun zarur boʻlgan vaqt va sharoitni yaratib berishi lozim. Xususan, u lozim boʻlgan taqdirda, ularning ixtiyoriga oʻzlari uchun va qabul qiluvchi davlatda sotib olgan, joʻnab ketishi vaqtida olib ketish taqiqlanmagan, mulklari uchun transport vositalari berishi lozim.
52-modda Konsulxona binolari va arxivlarini, shuningdek yuboruvchi davlat manfaatlarini favquloddagi sharoitlarida qoʻriqlash
1. Ikki davlat oʻrtasidagi konsullik munosabatlari uzilgan:
a) qabul qiluvchi davlat, qurolli ixtilof roʻy bergan taqdirda ham konsulxona binosi, shuningdek konsulxona muassasasi va konsulxona arxivini qoʻriqlashi shart;
b) yuboruvchi davlat konsulxona binolarini, shuningdek ularda joylashgan mulkni va konsulxona arxivini qoʻriqlashni qabul qiluvchi davlatga maʼqul boʻlgan uchinchi davlatga ishonib topshirishi mumkin;
s) yuboruvchi davlat oʻz manfaatlarini va oʻzini fuqarolarining manfaatlarini himoya qilishni qabul qiluvchi davlatga maʼqul boʻlgan uchinchi davlatga ishonib topshirishi mumkin.
2. Konsulxona muassasasining vaqtinchalik yoki tamoman yopilishi hollarida ushbu moddaning 1-bandining a-kichik bandi qoidalariga amal qilinadi. Bundan tashqari:
a) agar yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatda diplomatik vakolatxonaga ega boʻlmasa, lekin bu davlat hududida boshqa konsulxona muassasasiga ega boʻlsa, ushbu konsulxona muassasasiga yopilgan konsulxona muassasasini undagi mulki va konsulxona arxivi bilan birgalikda qoʻriqlash va qabul qiluvchi davlat roziligi bilan, bu konsulxona muassasasi okrugida konsullik vazifalarini bajarish ishonib topshirilishi mumkin; yoki
b) agar yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatda na diplomatik vakolatxonaga, na boshqa konsulxona muassasasiga ega boʻlmasa ushbu moddaning 1-bandining b-va s-kichik bandlaridagi qoidalariga amal qilinadi.
53-modda Qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
Zarur boʻlgan hollarda Tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra ushbu Konvensiyaning matiniga Konvensiyaning 54-moddasida koʻrsatilgan tartibga asosan kuchga kiradigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin.
54-modda Kuchga va amal qilish muddatiga kirish
1. Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilganidan soʻng oʻttiz (30) kun oʻtgach kuchga kiradi.
2. Ushbu Konvensiya belgilanmagan muddatga tuziladi va Tomonlardan biri ikkinchi Tomonga ushbu Konvensiyani denonsatsiya qilish haqidagi oʻz qarorini yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabar qilgan kundan boshlab olti (6) oy oʻtgunga qadar amal qiladi.
Tbilisi shahrida, 2003-yil 10-oktabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, gruzin va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Konvensiyaning qoidalarini talqin qilishda tafovut yuz bersa, Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.
(imzolar)
