Xalqaro avtomobil aloqasi toʻgʻrisida · Sana: 04.11.1997 · Amalda
1. Ikkala mamlakat oʻrtasida va ularning hududlari boʻylab tranzit tarzda yoʻlovchilarni muntazam tashish oʻzaro tasdiqlangan hujjatlar asosida Ahdlashuvchi Tomonlar vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi.
2. Bunday tashishlarni tashkil etish haqidagi takliflar bir-birlariga oldindan beriladi va Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari bilan kelishiladi. Bu takliflarda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak: tashuvchining nomi, yurish marshruti, harakat jadvali, tashuvchi yoʻlovchilarni chiqarish va tushirishni amalga oshiradigan toʻxtash manzillari, shuningdek tashishlarni bajarishning moʻljallanayotgan davri va muntazamligi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1315766
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 2-modda Xalqaro avtomobil aloqasi toʻgʻrisida. neolex.uz/uz/laws/law-1315768/2 (lex.uz/docs/-1315766)