5-modda
Axborot almashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 25.06.2004 · Amalda
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu Bitim besh yil davomida amal qiladi va Tomonlarning birontasi uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida kamida olti oy ilgari boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilmasa, u keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Toshkent shahrida 2004-yil 25-iyunda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ukrain va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
