4-modda
Temir yoʻl transporti sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 24.11.2003 · Amalda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzining milliy qonunlarga muvofiq oʻz davlatlari hududida yoʻlovchi va yuklarni temir yoʻl transportida tashishni amalga oshirish xavfsizligini taʼminlaydilar.
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining transport vositalari, xodimlari, yoʻlovchilari yoki yuklari ishtirokida avariya yoki baxtsiz hodisalar yuz berganda boshqa Ahdlashuvchi Tomon, tegishli transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan Ahdlashuvchi Tomonni bu toʻgʻrida xabardor qiladi va uning tergov natijalari toʻgʻrisida axborot beradi.
U yoki bu Ahdlashuvchi Tomonning zararini, bu masalalarni belgilab beruvchi, Ahdlashuvchi Tomonlar uchun kuchga kirgan xalqaro hujjatlar asosida aybdor deb topilgan Ahdlashuvchi Tomon qoplaydi.
