6-modda
Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga imtiyozli kredit berish toʻgʻrisida · Sana: 15.06.2004 · Amalda
Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va uch yil davomida amal qiladi. Kredit beruvchi bilan Kredit oluvchi oʻrtasida uch yil davomida Kreditdan foydalanish toʻgʻrisida Kredit bitimi tuzilmasa, ushbu Bitim oʻz-oʻzidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ushbu Bitim Toshkent shahrida 2004-yil 15-iyunda ikki nusxada, ikkala Tomon uchun bir nusxadan, har biri oʻzbek, xitoy va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
