Texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida
15.06.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
doʻstona munosabatlar va texnik-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasida texnik-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga 20.000.000 (yigirma million) xitoy yuani miqdorida begʻaraz yordam koʻrsatadi.
2-modda
Mazkur begʻaraz yordam ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasida kelishilgan texnik-iqtisodiy hamkorlik loyihalarida foydalanilishi lozim. Muayyan masalalar alohida bitimlar imzolash orqali Tomonlar oʻrtasida qoʻshimcha ravishda kelishib olinadi.
3-modda
Ushbu Bitimni amalga oshirish uchun hisob-kitob boʻyicha tegishli qoidalar Oʻzbekiston Hukumati vakolat bergan bank va Xitoy banki tomonidan qoʻshimcha ravishda kelishib olinadi.
4-modda
Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar ushbu Bitimda belgilangan tegishli majburiyatlarini bajargunlariga qadar amal qiladi.
Ushbu Bitim Toshkent shahrida 2004-yil 15-iyunda ikki nusxada, ikkala Tomon uchun bir nusxadan, har biri oʻzbek, xitoy va rus tillarida tuzilgan, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
