1-modda
Madaniyat, fan va taʼlim sohalarida 2004-2006-yillar uchun · Sana: 25.05.2004 · Amalda
Tomonlar quyidagi masalalarga alohida eʼtibor bergan holda hamkorlik qiladilar:
1) taʼlim tizimlari, ularni rivojlantirish rejalari va islohot yoʻnalishlari toʻgʻrisida axborot almashish;
2) Tomonlarning manfaatlari asosida ixtisosliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash;
3) barcha darajalardagi taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
4) konferensiyalar, simpoziumlar, shuningdek, yoshlar uchun olimpiada va tanlovlarni tashkil qilishni qoʻllab-quvvatlash.
