Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tolasini respublikaning ichki isteʼmolchilariga sotishni takomillashtirish va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 21-noyabrdagi PQ-733-son qarori) (22-son)
06.02.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tolasini respublikaning ichki isteʼmolchilariga sotishni takomillashtirish va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 21-noyabrdagi PQ-733-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 56-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki, paxta tolasi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari hamda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali paxta tolasining ulgurji sotish narxida qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini schyot-fakturalarda ajratib koʻrsatgan holda sotiladi”.
2. Ushbu qaror 2008-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 6-fevral,
22-son
