17-modda
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 10.07.2003 · Amalda
1. Ushbu Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini Tomonlar bajarganliklarini tasdiqlovchi oxirgi nota olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.
2. Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga tuzilgan. Har bir Tomon ushbu Bitimning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi oʻz niyati haqida diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonni xabardor qilishi mumkin. Bu holda ushbu Bitim xabardor qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ushbu Bitim Varshava shahrida 2003-yil 10-iyulda ikki nusxada, har biri oʻzbek, polyak va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, rus tilidagi matn hal qiluvchi hisoblanadi.
(imzolar)
