Bojxona brokeri toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida (1271-2-son)
07.02.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 7-fevralda 1271-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona brokeri toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 15-sentabr, roʻyxat raqami 1271 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 17-18-son) ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror ijrosi ustidan nazorat Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-yanvar,
01-02/20-3-son
