3-modda
Madaniyat va fan sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 14.01.2004 · Amalda
Ahdlashuvchi Tomonlar madaniyat va sanʼat sohasida hamkorlikni quyidagi usul bilan milliy qonunlarning talablari va xalqaro majburiyatlarga muvofiq qoʻllab-quvvatlaydilar, xususan:
madaniyat va sanʼat muassasalari, ijodiy uyushmalar, ijodkor ziyolilari vakillari va madaniyat arboblari oʻrtasida bevosita aloqalarni oʻrnatish;
artistlar va artistik truppalar bilan almashish;
yozuvchilar, madaniyat va sanʼat arboblari bilan almashish;
badiiy koʻrgazmalarni prezentatsiya qilish;
sanʼat festivallari, teatr, kinofilm va musiqa kunlarini tashkil etish;
kinofilmlarni qoʻshma yaratish, teatr pyesalarini sahnalashtirish;
madaniyat va sanʼat sohasidagi kitoblar hamda nashrlar bilan almashish;
boshqa Ahdlashuvchi Tomon tashkil etadigan xalqaro madaniy tadbirlarda ishtirok etish.
