Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1097-4-son)
18.10.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-oktabrda 1097-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23 va 24-sonlar, 168-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2002-yil 14-yanvarda 7, 2002-8-son qaror bilan tasdiqlangan “Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2002-yil 15-fevral, roʻyxat raqami 1097 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 3-4-son; 2003-y., 4-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son 121-modda; 2005-y., 5-6-son, 41-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-oktabr,
98-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-oktabr,
2005-59-son
