Oʻzbekiston Respublikasi Nazorat palatasini tashkil etish toʻgʻrisida (421-XII-son)
18.11.1991
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Respublika oliy vakillik idorasining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida koʻzda tutilgan nazorat qilish vazifalarini yanada toʻliq amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Nazorat palatasi tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Nazorat palatasi toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini tayyorlash uchun quyidagi tarkibda ishchi guruhi tuzilsin :
3. Ishchi guruhi shu yilning 20-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Nazorat palatasi toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini va Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun Oliy Kengash Rayosatiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1991-yil 18-noyabr
421-XII-son
