Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-dekabrdagi pq-744-son qarori) (16-son)
28.01.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-yanvar,
16-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-yanvardagi 16-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 189-qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 28-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 267-qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 43-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-qarorining 3-bandi va qarorga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 1-modda).
