Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (13-son)
24.01.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy fuqarolarga vizalar berilganligi va ularning muddati uzaytirilganligi uchun Ichki ishlar vazirligi tomonidan undiriladigan xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-yanvar,
13-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-yanvardagi 13-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-ilovaning IX boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“IX. Ichki ishlar vazirligi boʻyicha
Izoh: viza bir necha marta rasmiylashtirilganligi uchun boj stavkasi 10 AQSh dollariga koʻpayadi.
Izohlar:
1. Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, AQSh dollarida yoki AQSh dollariga nisbatan qayta hisoblab chiqilib boshqa erkin muomaladagi valyutada undiriladi.
2. Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, 16 yoshgacha boʻlgan bolalardan undirilmaydi.
3. Tenglik prinsipiga rioya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga davlat boji stavkalarini xorijiy fuqarolarning davlatlarida oʻxshash xatti-harakatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan undiriladigan yigʻimlar va bojlarning miqdoriga muvofiq xorijiy fuqarolar uchun koʻpaytirish tomonga oʻzgartirishga ruxsat berilsin”.
