Bojxona qiymatini toʻgʻrilash BQT-1 va BQT-2 shakllarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (920-2-son)
08.01.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 8-yanvarda 920-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-sentabrdagi 198-son “Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2000-yil 5-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona qiymatini toʻgʻrilash BQT-1 va BQT-2 shakllarini toʻldirish boʻyicha” yoʻriqnomaga (2000-yil 20-aprel, roʻyxat raqami 920 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 8-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun muddat oʻtgach amalga kiritilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-dekabr,
01-02/19-1-son
