Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-136-son)
25.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2008 va 2009-yillar mobaynida:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligi muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini taʼminlasin;
zarur boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
3-modda. Ushbu Qonun 2008-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-dekabr,
OʻRQ-136-son
