Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarga antiretrovirus davolash taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida (1752-son)
26.12.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-dekabrda 1752-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi epidemiyaga qarshi kurashish Favqulodda komissiyasi majlisining 2007-yil 3-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2007 — 2011-yillarda OIV infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurashishning Strategik dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Bayonnomasi talablarini bajarish, shuningdek OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarni davolashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarga antiretrovirus davolash taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-noyabr,
19-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-noyabr,
16-son
