Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartishlar kiritish haqida (834-15-son)
26.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-dekabrda 834-15-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 90-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1999-yil 24-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-noyabr,
01-02/19-35-son
