“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida (266-son)
21.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek meliorativ texnikaning koʻp profilli mavjud parkini yangilash va shakllantirishni ragʻbatlantirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga zamonaviy melioratsiya texnikasi va asbob-uskunalari yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining davlat unitar korxonasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki foydasining respublika budjeti daromadiga yoʻnaltiriladigan qismi hisobiga “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasiga ustav fondini shakllantirish uchun 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin.
11. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi “Maʼmuriy bino maxsus servis” davlat shuʼba korxonasining Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy manzilidagi binosiga joylashtirilsin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-dekabr,
266-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 266-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini, shuningdek “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” shuʼba korxonasi tomonidan xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalariga texnik va servis xizmati koʻrsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilarni tanlash boʻyicha Idoralararo tender komissiyasi
TARKIBI
Izoh:
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganlari taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
