“1551-modda. Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish
Axborotlashtirish va maʼlumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-137-son) · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati boʻlgan shaxsning ushbu tizimdan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzishi kompyuter axborotining yoʻq qilib yuborilishiga, toʻsib qoʻyilishiga, modifikatsiyalashtirilishiga, kompyuter uskunasi ishlashining buzilishiga sabab boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik oʻta muhim axborot mavjud boʻlgan kompyuter tizimidan foydalanish vaqtida sodir etilsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “155” raqamidan keyin “1551” raqami bilan toʻldirilsin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-dekabr,
OʻRQ-137-son
