Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (749-XII-son)
09.12.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.1998
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonuniy hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
V. Belgilab qoʻyilsinki, Maʼmuriy-huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining “187-6-moddasida koʻzda tutilgan maʼmuriy-huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻatish haqidagi qarorni (protokol) va boshqa materiallarni prokuror sudga yoʻllaydi, sud esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ishni koʻrib chiqadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
749-XII-son
