385-modda. Patta toʻlovi
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Patta toʻlovini bozorlarda tovarlar, buyumlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotishni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar toʻlaydi.
Patta toʻlovi har bir sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladigan qatʼiy belgilangan toʻlovdir.
Jismoniy shaxs bilan tuzilgan ijara shartnomasiga binoan savdo joyi uchun ijara haqi toʻlanadigan hollarda, patta toʻlovi summasi ijara haqi tarkibiga kiritiladi.
Patta toʻlovi har bir toʻlovchidan naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda, bir vaqtning oʻzida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining chekini yoki terminal chekini berish orqali undiriladi.
Patta toʻlovi miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
