367-modda. Imtiyozlar
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Yagona yer soligʻini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi.
yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sugʻorishdan foydalanilayotgan boʻlsa, oʻsha qismida tomchilatib sugʻorish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga.
Qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar — yagona yer soligʻi toʻlovchilarga ushbu Kodeks 282-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar ham tatbiq etiladi.
