Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq olib chiqish tovarlar eksportidir.
Ushbu Kodeksning 213-moddasiga muvofiq tovarlarning eksport qilinganligi tasdiqlanmagan taqdirda, mazkur tovarlarni realizatsiya qilish oborotiga belgilangan stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1286558
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 212-modda. Tovarlarni eksport qilish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-1286689/212 (lex.uz/docs/-1286558)