182-modda. Jismoniy shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga solinadigan soliq stavkalari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Jismoniy shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining Oʻzbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan, daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar boʻyicha soliq solinadi:
dividendlar va foizlarga — 10 foiz;
ushbu Kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga muvofiq belgilanadigan xalqaro tashishlarda transport xizmatlari koʻrsatishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) — 6 foiz;
mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha olingan daromadlarga, ushbu qismning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilmagan boshqa daromadlarga — 20 foiz.
Toʻlov manbaida soliq solish toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida sodir etilganligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
