Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1394-2-son)
15.12.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 15-dekabrda 1394-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarish jarayonida davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyati samaradorligining zarur nazoratini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasining 2005-yil 1-noyabrdagi 01/06-18/06-sonli qarori (2005-yil 11-noyabr, roʻyxat raqami 1394 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 30-son, 351-modda; 2005-yil, 45-son, 348-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-noyabr,
01/12-18/17-son
