Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (630-10-son)
13.12.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-dekabrda 630-10-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (1999-yil 11-fevral, roʻyxat raqami 630) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-noyabr,
31/3-son
