Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (263-son)
21.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining adliya organlari va muassasalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlaridan foydalanishda qonun hujjatlarini bir xilda qoʻllash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-dekabr,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 263-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar shaklini tasdiqlash, gerb yigʻimini joriy qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyundagi 330-son qarorining 2-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda).
