Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (259-son)
17.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Belgilab qoʻyilsinki, Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali xarajatlarini moliyalashtirish, moddiy-texnik taʼminlash va unga xizmat koʻrsatish tasdiqlangan smeta doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda axborot roʻyxatlari va taqdim etish muddatlari, shuningdek axborot materiallarini joylashtirishga ruxsat berish va axborot xizmatlari tomonidan Guruhga keyinchalik Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalida joylashtirish uchun axborot taqdim etish uchun masʼul shaxslarni tayinlash boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
oʻz rasmiy axborot resurslarining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini bir yilda kamida ikki marta ekspertizadan oʻtkazsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
259-son
