Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-727-son qarori) (258-son)
17.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-727-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilari lavozimlari roʻyxatining “Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuratura-tergov xodimlari malakasini oshirish markazi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslari
Boshliq
Boshliq oʻrinbosari
Kafedra boshligʻi
Katta oʻqituvchi
Oʻqituvchi
Boʻlim boshligʻi
Bosh mutaxassis
Yetakchi mutaxassis
1-toifali mutaxassis
2-toifali mutaxassis”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
258-son
