“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini tasdiqlash toʻgʻrisida (253-son)
12.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-iyundagi 123-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Belgilab qoʻyilsinki, loyihaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini maqbullashtirish hisobiga boʻshagan mablagʻlar loyihani amalga oshirish uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashga yoʻnaltiriladi.
3. Belgilansinki, dollar kursining oshishi munosabati bilan loyihani amalga oshirish yuzasidan ajratilgan mablagʻlardan ortiqcha qoʻshimcha sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining budjetdan tashqari manbalari hisobiga qoplanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga yagona axborot-kompyuter tarmogʻini saqlash uchun foydalanish xarajatlarini toʻlashga budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
