Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Transport va tovarlar tranziti sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimni (Toshkent, 2007-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish haqida (O‘RQ-128-son)
14.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 7-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda maʼqullangan
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida transport va tovarlar tranziti sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim (Toshkent, 2007-yil 14-mart) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-dekabr,
OʻRQ-128-son
