“179-modda. Auditorning qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishi, bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-125-son) · Sana: 13.12.2007 · Amalda
Auditorning auditorlik tekshiruvini oʻtkazish chogʻida oʻzi aniqlagan buxgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek moliyaviy hisobot tuzishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilganligi hollarini yashirishi, xuddi shuningdek auditorning bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismi “1281-moddasining ikkinchi qismi” degan soʻzlardan keyin “1282-moddaning uchinchi qismi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 248-modda:
birinchi qismi “1281-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1282-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining 5, 6 va 7-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) ushbu Kodeksning 125, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 131-moddasining uchinchi qismida, 135-moddasida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (Bosh boshqarmasi) boshligʻi, uning oʻrinbosari, yoʻl-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy amaliyot boʻlimi boshligʻi, uning oʻrinbosari, alohida muhim ishlar boʻyicha inspektor (maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektor), maʼmuriy amaliyot boʻlinmasi (boʻlimi) boshligʻi, uning oʻrinbosari, maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat boʻlimi (boʻlinma) boshligʻi, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektori, ular yoʻqligida esa ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari;
