Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Huzurida davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengash tuzish toʻgʻrisida” 2004-yil 13-martdagi F-1924-sonli Farmoyishiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (F-2663-son)
02.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoyishi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengash (bundan keyin matnda Kengash deb yuritiladi) aʼzolari boʻlgan shaxslarning boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan:
1. Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengashning yangi tarkibi* tasdiqlansin.
* Tarkib rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 13-martdagi F-1924-sonli Farmoyishi 2-bandining Kengash tarkibini tasdiqlash qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-fevral,
F-2663-son
