“Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida (O‘RQ-121-son)
07.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 6-sentabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi 527-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 141-modda) 24-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mazkur cheklov homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashga nisbatan qoʻllanilmaydi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-dekabr,
OʻRQ-121-son
