“Oʻzbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi tomonidan paxta shroti va sheluxasini sotish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1623-1-son)
06.12.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 6-dekabrda 1623-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Yirik qorakoʻlchilik, nasldor chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarini paxta shroti va sheluxasi bilan oʻz vaqtida va toʻlaqonli taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2006-yil 16-avgustdagi 5, 72, 01/OʻzRTSB-01-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi tomonidan paxta shroti va sheluxasini sotish tartibi”ga (2006-yil 25-sentabr, roʻyxat raqami 1623 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 39-son, 391-modda) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-dekabr,
36-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-dekabr,
103-son
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-dekabr,
01/19-18/16-OʻzRTSB-son
