Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (1648-3-son)
27.11.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-noyabrda 1648-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”, “Lizing toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-noyabrdagi “Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-725-sonli Qarori asosida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga (2006-yil 27-dekabr, roʻyxat raqami 1648 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 51-52-son, 523-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Ushbu qaror 2008-yilning 1-yanvaridan kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-noyabr,
31/1-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 17-noyabrdagi 31/1-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish
16-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaliklariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi mashina-traktor parklariga qishloq xoʻjaligi mashinalarini lizingga berish borasidagi lizing shartnomalari 10 yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi”.
