15-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida (336-XII-son) · Sana: 31.08.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va eʼtiqodidan qatʼi nazar, bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqarida ham Oʻzbekiston Respublikasining himoyasida boʻladilar.
