6-modda. Avtotransport vositalarini tasniflash
Avtomobil transporti toʻgʻrisida (674-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Avtotransport vositalari yoʻlovchilar avtotransporti, yuk avtotransporti va maxsus avtotransport vositalariga boʻlinadi.
Yoʻlovchilar avtotransporti vositalari jumlasiga avtobuslar, mikroavtobuslar, yengil avtomobillar, yoʻlovchilar tashiladigan tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi.
Yuk avtotransporti vositalari jumlasiga yuk avtomobillari, shatakchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi. Konstruktiv jihatlariga hamda qay maqsadlarda foydalanilishiga koʻra yuk avtotransporti vositalari umumiy va maxsus transport vositalariga boʻlinadi.
Maxsus avtotransport vositalari jumlasiga turli maxsus ishlarni, koʻproq notransport ishlarini bajarishga moʻljallangan avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar (oʻt oʻchirish avtomobillari, kompressor qurilmali avtomobillar, avtokranlar, supurish-sidirish hamda chiqindi tashish avtomobillari va hokazolar) kiradi.
