25-modda. Yoʻlovchini joʻnatib yuborish kechiktirilgani uchun tashuvchining javobgarligi
Avtomobil transporti toʻgʻrisida (674-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Yoʻlovchilarni tashish uchun avtotransport vositasini joʻnatish kechiktirilgan yoki u belgilangan manzilga kechikib kelgan taqdirda (shahar va shahar atrofida tashishlar bundan mustasno), tashuvchi, agar kechiktirish yoki kech yetib borish tashuvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli yuz berganligini isbotlay olmasa, yoʻlovchiga jarima tariqasida neustoyka toʻlaydi. Jarima miqdori va uni toʻlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Yoʻlovchiga jarima toʻlash tashuvchini avtotransport vositasi kechiktirilishi yoki kech yetib borishi tufayli yoʻlovchi koʻrgan zararni unga toʻlashdan ozod etmaydi.
Avtotransport vositasi kechiktirilganligi sababli yoʻlovchi unda joʻnashdan voz kechgan taqdirda, tashuvchi yoʻlovchiga kira haqini va u qilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart.
