2-modda. Asosiy tushunchalar
Avtomobil transporti toʻgʻrisida (674-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avtomobil transporti — tarkibiga yuridik va jismoniy shaxslar kiruvchi, iqtisodiyot va aholining yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni, shu jumladan pochtani (bundan keyin — yoʻlovchilar, bagaj va yuklar deb yuritiladi) avtomobilda tashishga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlovchi ishlab chiqarish-texnologiya majmui;
avtotransport vositalari — yoʻlovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;
tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat asosida yoʻlovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini koʻrsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
mijoz (yoʻlovchi, yuk oluvchi, yuk joʻnatuvchi) — tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq tashuvchining xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
