“Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasini Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-713-son)
22.10.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishni taʼminlash, shuningdek Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Islom taraqqiyot banki (keyingi matnlarda — ITB deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga “Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish maqsadida yetti yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 25 yil muddatga 7,24 mln. islom dinori (ekvivalenti 10,5 mln. AQSH dollariga teng) miqdorda kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jalb etiladigan kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi kredit mablagʻlaridan ITB tartib-qoidalariga muvofiq maqsadli va oʻz vaqtida foydalanish, shuningdek loyihani samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
ITB kreditini uzish, shuningdek kredit boʻyicha xizmatlarga komissiyalarni toʻlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Quyidagilar:
loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;
loyihani moliyalashtirish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
kreditni va kredit boʻyicha xizmatlarga komissiyalar toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan ITB oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.
5. ITB bilan qarz bitimi kuchga kirishi shartlarini bajarish uchun:
moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nomiga ITB krediti boʻyicha belgilangan muddatlarda toʻlovlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq vakolatnoma yuborish;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisiga — vakolatnomada bayon etilgan instruksiyalarni bajarish majburiyatini qabul qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomiga tasdiqnoma yuborish vakolati berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yilda mazkur loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga asbob-uskuna va mebel xarid qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qarz bitimi kuchga kirgandan soʻng bir oy muddatda ITB krediti hisobiga moliyalashtiriladigan, xodimlarning cheklangan soni 8 kishidan iborat boʻlgan loyihani amalga oshirish guruhini tuzsin, uning zimmasiga loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish, kredit mablagʻlaridan foydalanish hisob-kitobi va nazoratini ITB talablariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlash uchun javobgarlik yuklansin.
8. Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, oʻquv-koʻrgazma qoʻllanmalari hamda texnik vositalar bojxona toʻlovlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
ITB krediti hisobidan loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaidan undirib olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan;
kredit berilishi munosabati bilan ITB Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaidan undirib olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi talabnomalariga koʻra mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning koʻp marotabalik vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek ularning yashash joylarida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-oktabr,
PQ-713-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-oktabrdagi PQ-713-son qaroriga 1-ILOVA
“Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan texnik-iqtisodiy hisob-kitobi
(ming AQSH dollari) T/r Koʻrsatkichlar nomi Jami shu jumladan: ITB krediti Budjet mablagʻlari 1. Loyihaning cheklangan qiymati 13 463,0* 10 500,0 2 963,0 1.1. EKVdagi xarajatlar, jami shulardan: 10 500,0 10 500,0 beshta kasb-hunar kollejining qurilishi 8 910,0 8 910,0 konsalting xizmatlari (batafsil loyihalash, shartnomani boshqarish va qurilishni nazorat qilish) 420,0 420,0 loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish va taʼminlash 200,0 200,0 loyihani ishga tushirish boʻyicha seminar oʻtkazish 30,0 30,0 loyihaning moliyaviy auditi 50,0 50,0 kutilmagan xarajatlar 890,0 890,0 1.2. Milliy valyutadagi xarajatlar (ekvivalent) — jami shulardan: 2 963,0 2 963,0 asbob-uskuna, mebel, jihozlar 2 070,0 2 070,0 kredit boʻyicha komissiya haqi 713,0** 713,0 kutilmagan xarajatlar 180,0 180,0 3. Korxonaning quvvati 540 tadan oʻquvchi oʻringa moʻljallangan 5 ta kasb-hunar kolleji. Jami 2700 ta oʻquvchi oʻrni 4. Loyihani amalga oshirish muddati 2007 — 2009 yillar 5. Kreditni soʻndirish muddati 25 yil
* Obyektlar va uskunalarning yakuniy qiymati tender savdolaridan keyin aniqlanadi. Loyihani amalga oshirish davomida uning tarkibiy qismlarining narxiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
** Kredit boʻyicha komissiya miqdori kredit boʻyicha tanlovlar sanalariga muvofiq aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-oktabrdagi PQ-713-son qaroriga 2-ILOVA
“Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasini moliyalashtirish jadvali*
(ming AQSH dollari) Nomlanishi Moliyalashtirishning umumiy hajmi shu jumladan yillar boʻyicha: 2007-yil 2008-yil 2009-yil ITB Budjet ITB Budjet ITB Budjet ITB Budjet 1. Qurilish 8 910,00 4 200,00 4 710,00 2. Asbob-uskuna va mebel 2 070,00 2 070,00 3. Konsalting xizmatlari (batafsil loyihalash, shartnomani boshqarish va qurilishni nazorat qilish) 420,00 63,00 273,00 84,00 4. Loyihani amalga oshirish guruhini (LAG) tashkil etish va taʼminlash 200,00 21,50 96,25 82,25 5. Loyihani ishga tushirish boʻyicha seminar / tanishuv tashrifi 30,00 15,00 15,00 6. Loyihaning moliyaviy auditi 50,00 25,00 25,00 7. Kutilmagan xarajatlar 890,00 180.00 26,70 5,40 863,30 174.60 Jami 10 500,00 2 250,00 99,50 4 635,95 5,40 5 764,55 2 244,60
* Maʼlumotlarga loyihaning amalda borishi va tender natijalariga qarab aniqlik kiritilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-oktabrdagi PQ-713-son qaroriga 3-ILOVA
“Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasi boʻyicha kreditni va komissiya haqini soʻndirishning prognoz jadvali
Kredit summasi — 7 240 000 islom dinori Kredit boʻyicha komissiya haqi — 2,5 foiz Kreditni soʻndirish muddati — 25 yil Imtiyozli davr — 7 yil (islom dinorida) Toʻlov sanasi Kredit boʻyicha komissiya haqi toʻlovlari* Asosiy qarzni toʻlash Jami 4% 40% 56% 30-iyun 2007-yil 19 652 19 652 31-dekabr 2007-yil 32 754 32 754 30-iyun 2008-yil 32 754 32 754 31-dekabr 2008-yil 32 754 32 754 30-iyun 2009-yil 32 754 32 754 31-dekabr 2009-yil 32 754 32 754 30-iyun 2010-yil 32 754 32 754 31-dekabr 2010-yil 27 513 27 513 30-iyun 2011-yil 27 513 27 513 31-dekabr 2011-yil 27 513 27 513 30-iyun 2012-yil 27 513 27 513 31-dekabr 2012-yil 27 513 27 513 30-iyun 2013-yil 27 513 27 513 31-dekabr 2013-yil 27 513 27 513 30-iyun 2014-yil 27 513 201 112 228 625 31-dekabr 2014-yil 27 513 201 112 228 625 30-iyun 2015-yil 27 513 201 112 228 625 31-dekabr 2015-yil 201 112 201 112 30-iyun 2016-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2016-yil 201 112 201 112 30-iyun 2017-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2017-yil 201 112 201 112 30-iyun 2018-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2018-yil 201 112 201 112 30-iyun 2019-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2019-yil 201 112 201 112 30-iyun 2020-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2020-yil 201 112 201 112 30-iyun 2021-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2021-yil 201 112 201 112 30-iyun 2022-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2022-yil 201 112 201 112 30-iyun 2023-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2023-yil 201 112 201 112 30-iyun 2024-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2024-yil 201 112 201 112 30-iyun 2025-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2025-yil 201 112 201 112 30-iyun 2026-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2026-yil 201 112 201 112 30-iyun 2027-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2027-yil 201 112 201 112 30-iyun 2028-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2028-yil 201 112 201 112 30-iyun 2029-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2029-yil 201 112 201 112 30-iyun 2030-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2030-yil 201 112 201 112 30-iyun 2031-yil 201 112 201 112 31-dekabr 2031-yil 201 080 201 080 Jami: 19 652 196 524 275 130 7 240 000 7 731 306
* Toʻlov miqdori kreditni oʻzlashtirishning haqiqiy sanalariga qarab aniqlashtiriladi.
