3-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida (425-XII-son) · Sana: 19.11.1991 · Amalda
Quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va pulsiz topshirishni qoʻshib olib borish;
pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolarning huquqlari tengligi;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolar ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash;
oshkoralik davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish ustidan davlat va jamoat nazoratini yoʻlga qoʻyish;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish.
