16-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uchun mablagʻlar manbai
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida (425-XII-son) · Sana: 19.11.1991 · Amalda
1. Quyidagi mablagʻlar mol-mulkni sotib olish uchun manba boʻladi:
jismoniy shaxslarning shaxsiy mablagʻlari, davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning oʻz mablagʻlari, kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan usullar bilan olingan boshqa moliyaviy mablagʻlar.
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat korxonasi mehnat jamoasining aʼzolari korxonani quyidagi manbalar hisobiga sotib olishlari mumkin:
sof foydaning mehnat jamoasi aʼzolari mulki boʻlgan qismi;
amortizatsiya ajratmalari hamda mehnat jamoasining mulki boʻlgan va davlat korxonasida ishlatiladigan mol-mulkni sotishdan kelgan tushum;
bank kreditlari va oʻzga qarz mablagʻlari,
mehnat jamoasi aʼzolarining shaxsiy mablagʻlari,
davlat mulki boʻlmagan boshqa mablagʻlar.
3. Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlardan davlat mulkini sotib olish manbai sifatida foydalanish mumkin emas.
