14-modda. Ommaviy mulk obyektini kim oshdi savdosida sotish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida (425-XII-son) · Sana: 19.11.1991 · Amalda
1. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalarni kim oshdi savdosida sotishga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchi qabul qiladi.
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarning kim oshdi savdosini oʻtkazish uchun ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar kim oshdi savdosi xizmatlarini tashkil etadilar, bu xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ish koʻradi.
3. Xaridor tomonidan sotib olinmagan obyekt respublika yoki munitsipal mulk boʻlib turadi. Bunday hollarda mulk obyektlarini tasarruf etuvchi korxonani tugatib, uning mol-mulkini boʻlak-boʻlak qilib sotib borish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
