12-modda. Davlat korxonalarini xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga aylantirish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida (425-XII-son) · Sana: 19.11.1991 · Amalda
1. Davlat korxonasini xoʻjalik jamiyat yoki shirkatiga aylantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Quyidagilar xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlarining muassislari yoki aksiyalar (ulush pay) boʻlishlari mumkin:
mehnat jamoasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari.
