21-modda. Dehqon xoʻjaligining javobgarligi
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida (654-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Dehqon xoʻjaligi oʻz majburiyatlariga mol-mulki bilan javob beradi, amaldagi qonunlarga binoan bu mol-mulki tortib olinishi mumkin. Davlat dehqon xoʻjaligining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, dehqon xoʻjaligi esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Dehqon xoʻjaligining ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablarini buzishda aybdor boʻlgan aʼzolari belgilangan tartibda moddiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgar boʻladilar.
Amaldagi qonunlarga muvofiq dehqon xoʻjaligi mehnat vazifalarini ado etish chogʻida xoʻjalik aʼzolari va mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan shaxslar shikastlanish yoki salomatligiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
